NASA (National Aeronautics
and Space Administration
— Milliy Aerofazoviy ma’muriyat) va ARPA
(Advanced Research Projects Agency
— Ilg‘or tadqiqot loyihalari Agentligi). 1962-yiIga kelib, RAND
Corporation tashkiloti xodimi Pol Bern (Paul Baran)
«On distributed communication Networks»
ma’ruzasida kompyuter tizimlari va tarmoqlarining nomarkazlashtirilgan va keng tarqalgan asosda
ishlash jarayonini yangilik sifatidajoriy etishni taklif qildi.
Uning
g‘oyasini soddaroq tushuntirish mumkin.
Masalan, Vashingtondagi kompyuter Los-Anjeles
bilan
bog‘ianishi kerak bo‘lsa, Kanzasdagi kompyuter
orqali ulanadi. Agar
Kanzasdagi sim zararlangan
bo‘lsa, Vashingtondagi yo‘naltiruvchi (marshrutizator)
ma’lumotni boshqa bir, masalan, Chikagodagi kompyuter orqali yuboriladi. Ya’ni, markazlashgan
kompyuter
tarmog‘ida (A- sxemasi) asosiy kompyuterning buzilishi
natijasida amalga oshirib
bo‘lmaydigan amallar nomarkazlashgan kompyuter aloqasi (B-sxemasi) asosida o‘z yechimini topadi.
Bundan tashqari kompyuter
tarmog‘ining ish faoliyati o'zaro aloqani saqlagan holda,
bir hudud bilan
chegaralanmasdan ham keng tarqalgan holatda (C-sxemasi)
o‘zaro bog‘langan tartibda amalga
oshirihshi nazarda tutiladi. Bunday shaklda tuzilgan tizimning yoki tarmoqning bir
«bo‘g‘ini»
ishdan
chiqsada, (masalan, nishonli yadro hujumi oqibatida) boshqa qismlari bezarar ishini davom ettiraverishi
mumkin
bo‘lardi. Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun olimlar kompyuterlarni maxsus dastur va
qurilmalar bilan
ta’minlash ustida ish olib bora boshladi. Buning ustida amerikalik olimlardan Leonard
Kleynrok izlanish olib borgan. U ARPANET
tarmog‘i 1969-yilda ishga tushrilguniga qadar Massachusets
Texnologiya institutining talabasi
bo‘lgan davrda (1961-yilda) o‘z ilmiy maqolasida ma’lumotlarni fayllarga
bo‘lib, alohida qismlarga ajratgan holda tarmoq orqali yuborish imkoniyatini nazariy asoslab bergan va
1969-yilda uning boshchiligida 4,5 metr kabel orqali ikki xonadagi
hisoblash majmualari
o‘zaro
birlashtirilib, dastlabki kompyuter
tarmog‘i vositasida aloqa o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: