Олий таълимнинг 30000 – “Бизнес ва бошқарув” таълим соҳасидаги 5230200 – “Менежмент” (тармоқлар ва соҳалар) таълим йўналиши бакалавриат босқичининг – курс талабалари учун



Yüklə 392,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix06.04.2023
ölçüsü392,19 Kb.
#94007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Kitob 9571 uzsmart.uz

2. UMUMIY QOIDALAR 
 



2.1. Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari 
 
Bakalavriat yo„nalishlari bo„yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo„lgan 
talabalar amaliyoti - ilg„or xo„jalik subektlari, aksionerlik jamiyatlari, qo„shma korxonalar, 
qishloq xo„jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o„tkaziladi. 
Amaliyotning maqsadi bо„lib amaliyot о„tiladigan korxona (tashkilot)ning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish holati va boshqaruv tizimini tahlil qilish orqali malakaviy amaliyot 
hisobotini yoritish uchun zarur amaliy ma‟lumotlarni yig„ish hisoblanadi. Ushbu maqsadga 
erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: 

korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixi о„rganiladi, unga ijtimoiy-
iqtisodiy tavsif beriladi; 

korxonada boshqaruvning tashkiliy strukturasi о„rganladi; 

korxonaning bо„linmalari va ularga bajariladigan funksiyalar о„rganiladi 
(marketing, moliya, buxgalteriya, kadrlar, ishlab chiqarish bо„limlari va boshqalar); 

korxona faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va 
moliyaviy kо„rsatkichlar tahlil qilinadi (foyda, mahsulot tannarxi, baho, rentabellik, mehnat 
unumdorligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari, mehnatga haq tо„lash va boshqalar); 

korxonada xodimlar faoliyatini tashkil etish о„rganiladi (ma‟muriy boshqaruv 
xodimlari, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari, injener-texnik xodimlar); 

korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish о„rganiladi 
(texnologik jarayon, ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqalar); 

korxonada mahsulotni sotish va marketing xizmatini tashkil etish о„rganiladi; 

korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarishda yangiliklardan oydalanish 
о„rganiladi (ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari, yangi texnologiyalar va 
boshqalar); 

korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishga tо„sqinlik qilinadigan 
sabablar kо„rsatiladi. 

Yüklə 392,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin