Ta’lim metodlari ham o‘quv
materiali mazmuniga, binobarin,
o‘quvchilarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish
faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning
yuzaga
chiqishiga yo‘nalgan.
Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro
muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot
mazmuniga yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari
tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.
1.
Og‘zaki bayon metodlari
.
Hikoya,
suhbat,
ma’ruza ta’limning
bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni
hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi,
tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, o‘quvchilar
tinglaydi.
Hikoya.
Hikoyaning bir necha xil turi mavjud:
kirish
hikoyasi-
o‘quv
materialini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kirish
hikoyasi badiiy
asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash,
ularni dastlabki tahlil etish bilan dahldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi
o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.
Bayon
shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning
asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi;
yakunlovchi hikoya-undan
darsning oxirida o‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: