Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети


Maydalagichlarga (shekali, valikli, konusli, bo’lgali)



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Maydalagichlarga (shekali, valikli, konusli, bo’lgali) 
qo’yiladigan xavfsizlik talablari 
Maydalagich mashinalarining boshqarish pultlari kuzatish va masofadan 
boshkarish kabinalarida joylanishi lozim. Kuzatish va masofadan boshqarish 
kabinalaridagi ish joylari GOST 12.2.032-78 talablariga muvofik bo‘lishi kerak. 
Maydalagich mashinalar, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini 
boshkarish maydonlarining pultlari ikki tomonlama ovozli yoki chiroqli 
signalizatsiya tizimi (elektr kunrirok, miltillovchi elektrlampa) bilan jihozlangan 
bo‘lishi lozim.Maydalagich mashinalari qabul qilish teshiklari va to‘ldirish 
mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 
Maydalagich mashinalarining to‘ldirish va bo‘shatish joylari havo tozalovchi 
aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.Maydalagich mashinalarni to‘ldirish 
teshiklaridan material bo‘laklari otilib ketmasligi uchun temir to‘siklarga ega 
bulishi kerak. 
Shekali maydalagichlarning to‘ldirish teshiklari balandligi 1 m dan kam 
bo‘lmagan yaxlit temir to‘siklarga ega bo‘lishi lozim. 
Valikli maydalagich mashinalarni valigi tikilib qolganda yurgizuvchi 
avtomatik ravishda o‘chishi lozim.Ta‘mirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich 
mashinasining xonasi yuk ko‘tarish mashinalari bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim. 
Aralashtirgichlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari 
Aralashtirgichlarning ishga tushirilishi ovozli yoki chiroqli signalizatsiya 
tizimi (elektr kunrirok, miltillovchi elektrlampa) orqali amalga oshirilishi lozim. 
Signal tizimi, bunkerni yuklash maydonchasi va aralashtirgichni qabul qilish 
teshigini, uning boshqarish pulti bilan ikki tomonlama borlovchi aloqani 
ta‘minlashi kerak. 


69 
Aralashtirgich basseynining usti yaxlit metall yopmalar bilan GOST 
12.4.059-89 talablariga muvofiq yopilgan bo‘lishi lozim. 
Aralashtirgich basseynlari shlamning eng yuqori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
satx signalizatorlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim. 
Basseynga tushish uchun ko‘chma narvon bo‘lishi lozim, ko‘chma narvon uni 
tushirilgan holatida qotirish uchun changak va fiksatorlarga ega bo‘lishi kerak. 
Aralashtirgich xonasida tozalash va ta‘mirlash ishlarini olib borish uchun yuk 
ko‘tarish mexanizmlari o‘rnatilishi lozim. 
Aralashtirgich ishlayotganida aralashtirgichni ko‘rish lyuklari pan- jaralarini va 
yopmalarni metall listlarini yechish,hamda hovuzda tozalash ishlarini olib borish 
taqiqlanadi. 
Xomashyo aralashtirgich basseyniga xonadan tashkarida joylashgan qabul qilish 
tuynugi orqali yuklanganida, quyidagi talablar bajarilishi kerak: 
yuklash joyining usti atmosfera yorinlariga qarshi soyabon bilan ta‘- 
minlangan; 
aralashtirgichni qabul qilish tuynugi katak o‘lchamlari 250 x 250 mm dan katta 
bo‘lmagan temir panjara bilan yopilgan; 
aralashtirgichni qabul qilish tuynugining yuklash bajarilmaydigan tomonlari 
to‘silgan bo‘lishi kerak. 
Shlamni tortish nasoslariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari: 
Shlamni tortish nasoslarining chuqurchalari narvon bilan jihozlangan va perimetri 
bo‘yicha GOST 12.4.059-89 talablariga muvofiq to‘silgan bo‘lishi lozim. 
Shlamni tortish nasoslari ishlayotgan vaqtda himoya to‘siklarini yechish, boltlarni 
qattiqroq tortish va quvurlarning flaneslari ulangan joyidan sizib chiqishlarni 
bartaraf etish hamda shlamni tortish nasoslari tebranganida, shlamning 
quvurlardan, flaneslarning ulangan joyidan va salniklardan sizib chiqqanida ishlash 
taqiqlanadi.Shlam basseynlari shlamning eng yuqori yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan satx signalizatorlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim.Gorizontal dumalok 
shlam basseynlari atrofidagi maydonchalar perimetr bo‘yicha to‘silishi GOST 


70 
12.4.059-89 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.Shlam satxi 0,5 m dan 
yuqori bo‘lganida basseynga tushish taqiqlanadi. 
Xomashyoni quruq parchalaydigan tegirmonlar havo tozalovchi ap- paratlari 
orqali aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.Tegirmon oqimini ta‘minlovchi 
patrubka yoki bo‘shatish qoplamasi biriktirilgan joyidan ishlab chiqarish xonasiga 
chang chiqib ketishini oldini olish maqsadida zichlangan bo‘lishi lozim. 
Tegirmonlar ishlayotganida shovkin darajasini kamaytirish uchun shovqindan 
himoya qiluvchi vositalarni qo‘llash lozim.Tegirmon ishga tushayotgani va 
to‘xtayotgani hakida xizmat ko‘rsata- yotganlarni ogoxlantirish uchun tovushli va 
chiroqli signallar bilan jixozlangan bo‘lishi lozim.Tegirmon xonasida ta‘mirlash 
ishlari olib borilganida, lyuklar kopkorini ko‘tarish uchun yuk ko‘tarish qurilmasi 
o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.Tegirmon uskunalarini ishlatish quyidagi ketma-ketlikda 
blokirovka orqali amalga oshirilishi lozim:chang tutuvchi va aspiratsiya tizimi; 
tegirmon;bo‘shatish kurilmasi; tuldirish kurilmasi.Tegirmonni, uning chang tutish 
va aspiratsiya tizimi nosoz yoki o‘chirilganida ishlatish taqiqlanadi.Tegirmon 
ishlayotganida uni ta‘mirlash, undan xom ashyolarni olish va tegirmon to‘siklari 
orqasiga o‘tish yoki uni yechish taqiqlanadi.Tegirmonni ishlatish quyidagi hollarda 
taqiqlanadi: blokirovka yoki signalizatsiya nosoz bo‘lsa;To‘siklar yechilgan yoki 
qotirilmagan bo‘lsa; taglik va korpusda yorilgan joy bo‘lsa;bron plitani qotiruvchi 
boltlari bo‘shaganida yoki yo‘q bo‘lganida; parchalanayotgan material lyuk 
zichligi orasidan va bolt teshigidan ajralib chiqqanida;aspiratsiya tizimi nosoz 
bo‘lsa yoki samarali ishlamayotganida.Tegirmon to‘xtaganida ochiladigan lyuklar 
tepa holatda bo‘lishi lozim. Sharsimon tegirmonlarini maydalovchi jism bilan 
to‘ldirish mexa- nizatsiyalashgan va naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda 
amalga oshi- rilishi lozim.Sharsimon tegirmoniga maydalovchi jism elektromagnit 
yuklovchi orqali yuklanganida, to‘ldiruvchi voronkaning diametri elektromagnit 
yuklagichning diametridan 0,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 
Ishlab chiqarishdagi hamma issiqlik manbalari (quritish qurilmalari, 
aylanuvchi va shaxta pechlari, issiqlikni almashtirib beruvchi siklonlar, konveyer 


71 
kalsinatorlari va boshka issiqlik chiqaruvchi uskuna turlari) ishchi xonalardagi 
konveksion va nurlanish issiqlikni kamaytiruvchi qurilma va moslamalar bilan 
ta‘minlanishi lozim. 
Kanal to‘siklari, havo o‘tkazgichlarining flanes ulanishlarining, issiqlik 
chiqaruvchi uskunalarining kanali va havo o‘tkazgichlar lyuklari zichlangan 
bo‘lishi lozim.quritish kameralari siyraklikda ishlashi lozim. Ular gaz-chang 
tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 
quritish qurilmalari kamera va tunneli siyraklik kattaligini doimo tekshiruvchi 
asbob bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.Ishlovchilarning issiqlik chiqaruvchi 
uskunalarning kamera va tun- nellariga kirishiga, havo harorati 40°S dan 
oshmaganida ruxsat etiladi.Gaz pechlarining avtomatik tizimi gazni yetkazib 
berishni quyidagi hollarda to‘xtatishi kerak:gaz bosimining o‘rnatilgan bosimdan 
yo‘l qo‘yilmagan darajaga (0,01 MPa) yetganida;tutun suruvchi to‘satdan 
to‘xtaganida;gorelkalarga havoni majburiy yetkazish tizimi to‘xtaganida.Gaz 
yoqilrisida ishlayotgan pechlar, yondirish uchun o‘t oldirish quril- masi bilan 
jihozlangan bo‘lishi lozim. 
Pechlar suyuk yoqilg‘ida ishlaganida quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim: 
mazut saqlovchi omborlar rezervuarlardagi mazutning sathi va haroratini o‘lchab 
turuvchi asbob yoki moslama bilan ta‘minlangan bo‘lishi;ishlab chiqarish 
binolarida o‘rnatilgan sarflash sirimlari mazutni avariyaviy to‘kilishini oldini olish 
uchun qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi;mazut xo‘jaligidagi armatura va 
rezervuarlarni isitish uchun harorati 100°C dan oshmagan bo‘r yoki issiq suv 
qo‘llanishi;pechlarga olib boruvchi mazut quvurlari yopish tikinlari bilan 
jihozlangan bo‘lishi.Aylanma pechning bosh yurituvchisi yordamchi uskuna va 
mexanizmlar bilan avtomatik blokirovka qilingan bo‘lishi lozim. 
Aylanma pechlar ishga tushishi va yoqilishi haqida ogoxlantiruvchi tovushli 
va yorug‘lik signalizatsiya bilan ta‘minlangan (lampa, sirena) bo‘lishi lozim. 
Signalizatsiya tovush xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish zonasida yaxshi eshitilishi 
va ko‘rinishi ta‘minlanishi lozim. 


72 
Pechni yoqish yoki isitishdan oldin aylanma pechlar, siklonli issiqlik 
almashtiruvchilar va konveyer kalsinatorlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamma 
xodimlar gazdan zaxarlanmasligi uchun, texnologik qo‘llanmada ko‘rsatilgan 
joyga chikib ketishi kerak. Xodimlar faqat smena masteri ruxsat etganidan keyin 
ish joylariga qaytib kelishi mumkin. 
Aylanma pechlar suyuk yoqilg‘ida ishlaganida sex mazut xo‘jaligi alohida 
xonada joylashgan bo‘lishi lozim. Mazut sarflash sirimlari avariyaviy to‘kishga 
ega bo‘lishi lozim.Pech ichiga kirish uchun sovutgichning shaxtasi ustiga kengligi 
1 m dan va balandligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan to‘sikli qo‘shimcha plankaga ega 
trap o‘rnatilishi lozim.Pechning qizigan uchida projektorli yoritkich o‘rnatilishi 
lozim. Pech ichida elektr yoritkichlar kuchlanishi 12 V dan oshmasligi lozim. 
Shaxtali pech gaz-chang tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi himoyalovchi 
vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Yoqilf‘i yetkazib berish quvurlaridagi 
yopuvchi va sozlash qurilmalarini pech tashkarisida joylashtirish kerak. 
Okimlar, siklonlar va gaz o‘tkazgichlarda aylanma pech ishlayotgan paytida 
materiallarni osilib kolishini yukotishni pnevmatik forsunka yordamida amalga 
oshirish kerak.Qadoqlash kurilmalariga kuyiladigan xavfsizlik talablari Qadoqlash 
kurilmalari ishga tushirish tovush tizimi signaliza- siyasi bilan jixozlangan bulishi 
lozim.qadoklash kurilmalari xizmat kursatuvchi maydonchalar va temir yul 
vagonlarni yuklash maydonchasi urtasida ikki tomonlama signal aloka urnatilgan 
bulishi lozim.Qadoklash kurilmalari xamma bulaklarga bulinuvchi, ya‘ni elovchi 
kurilma, shnek, bundan tashkari sement kuvurining birikmalaridan joy- lash bulimi 
xonasiga sement chikib ketishining oldini olish uchun ularda zichlovchi 
moslamalar bulishi lozim.Kadoklash kurilmalari maydonchasida idishlarni 
kutarish 
uchun 
yuk 
kutarish 
mexanizmlari 
nazarda 
tutilgan 
bulishi 
lozim.Qadoklash kurilmalari keluvchi sementning xarorati 40°S dan yukori 
bulmasligi lozim. 


73 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin