1
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ АРХИТЕКТУРА ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ
МУХАНДИСЛИК ҚУРИЛИШ ИНФРАСТРУКТУРАСИ ФАКУЛЬТЕТИ
ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИ, БУЮМЛАРИ ВА КОНСТРУКЦИЯЛАРИ
ТЕХНОЛОГИЯСИ КАФЕДРАСИ
Мавзу: «Аралаш усул билан портландцемент ишлаб чиқариш »
ДИПЛОМ ЛОЙИХА
Диплом бажарди: Тохиров Ж.
Диплом рахбар: Қодирова Д.
ТОШКЕНТ – 2012
2
MUNDARIJA:
Bet
1. Kirish…………………………………………………………………….2
2. Texnologik qism………………………………………………………..12
Mahsulotning nomenklaturasi……………………………………....13
Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash…………………......….32
Sexning ish rejimi…………………………………………….……..39
Buyum turlari bo‘yicha sex mahsuldorligini hisoblash……………..40
Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sexning talabini aniqlash……….41
Texnologik uskunalarni tanlash va asoslash………………………...43
3. O‘rta kalonnani hisoblash…………………………………....................46
4. Iqtisodiy qism…………………………………………………………...51
5. Mehnat muhofazasi……………………………………………………..57
6. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………74
3
O‗tgan yili faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati
yuritishga alohida e‘tibor qaratildi.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
rivojlantirishga
yo‗naltirilayotgan kapital
qo‗yilmalar hajmi ancha oshib, o‗tgan yilga nisbatan ularning o‗sish sur‘atlari 109,3
foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi
kutilmoqda.Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16
foizga ko‗payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag‗ning 2
milliard 300 million dollardan ortig‗i yoki qariyb 70 foizini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy
investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa e‘tiborlidir.Bu xorijiy investorlarning
iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O‗zbekiston
taraqqiyotining istiqboliga bo‗lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan
yaqqol dalolat beradi.
O‗tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning
barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‗tkazilgan texnik audit
natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida
sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Viloyat va hududiy tuzilmalar rahbarlari transport va kommunikatsiya, birinchi
navbatda yo‗l qurilishi sohasi, shuningdek, ijtimoiy va obodonlashtirish ishlari ko‗p
mehnat talab etadigan va ayni vaqtda yaxshi haq to‗lanadigan, aholini ish bilan
ta‘minlash imkonini beradigan tarmoqlar ekanini doimo yodimizda tutishimiz zarur.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli
ravishda bog‗laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta‘minlaydigan
O‗zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo‗llarni qurish va rekonstruksiya
qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega.Shu
maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik avtomobil yo‗llari, ikkita yirik transport
bog‗lamasi, 544 pogon-metr ko‗prik va yo‗l o‗tkazgichlarni qurish hamda
rekonstruksiya
qilish
mo‗ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo‗l
4
jamg‗armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‗tgan yilga nisbatan
12,5 foiz ko‗p mablag‗ yo‗naltirish rejalashtirilmoqda.
O‗zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz,
balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanini
inobatga olgan holda, ushbu loyihani amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhi a‘zolari singari xalqaro
moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.Mazkur tashkilotlar tomonidan 742
kilometrlik avtomobil yo‗llarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo‗l qurilishi
bo‗yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin
imtiyozli kreditlar ajratildi.
Faqat 2012-yilning o‗zida ushbu maqsadlar uchun 109 million dollar
miqdoridagi mablag‗ni o‗zlashtirish, 165 kilometr sment-beton qoplamali yo‗llarni
foydalanishga topshirish, jumladan, Qamchiq dovoni orqali o‗tadigan yo‗lni
rekonstruksiya qilish mo‗ljallanmoqda.
Faqat o‗tgan yilning o‗zida namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1
million 100 ming kvadrat metrga teng bo‗lgan 7 ming 400 ta xususiy uy-joy qurib
bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 milliard so‗mlikdan ortiq investitsiyalar
yo‗naltirildi, ularning 63 foizidan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va ―Qishloq
qurilish bank‖ mablag‗lari tashkil etadi.
Joriy yilda umumiy turar-joy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq
bo‗lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o‗tgan
yilga nisbatan 15 foiz ko‗pdir.
Shu bilan birga, davlat mablag‗lari, takror aytaman – byudjet mablag‗lari
hisobidan turar-joy posyolkalarini qurish bo‗yicha oldindan tasdiqlangan kompleks
rejalarga muvofiq 425 kilometrdan ziyod vodoprovod tarmog‗i, qariyb 260 kilometr
yelektr liniyalari, 375 kilometr gaz tarmoqlari va 306 kilometr ichki yo‗llar qurilishi
rejalashtirilgan.
Ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish hisobidan kompleks qurilish
joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta‘lim maktabi va 680 tadan ziyod
xizmat ko‗rsatish va servis ob‘ekti foydalanishga topshiriladi.
5
Ushbu maqsadlarda yil davomida qariyb 810 milliard so‗mlik kapital
qo‗yilmalarni o‗zlashtirish rejalashtirilmoqda. Umuman aytganda, Qishloq joylarda
uy-joy qurilishini rivojlantirishning 2015-yilgacha mo‗ljallangan tasdiqlangan
dasturini amalga oshirish ishlariga 2 milliard 200 million AQSh dollari qiymatidagi
mablag‗ yo‗naltirish ko‗zda tutilmoqda.Bu dasturning amalga oshirilishida Osiyo
taraqqiyot banki faol ishtirok etmoqda.Mazkur bank qishloqda yakka tartibdagi uy-
joylar qurilishiga 500 million dollar miqdorida, jumladan, 2012-yilda 160 million
dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Shu borada masalaning yana bir jihatiga e‘tiboringizni qaratmoqchiman.
―Qishloq qurilish bank‖ tomonidan uning o‗z mablag‗lari va Osiyo taraqqiyot
bankining zayom mablag‗lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi
uy-joylarni qurish uchun kreditlar qishloq aholisiga imtiyozli shartlarda, 15-yil
muddatga yillik 7 foizli stavka bo‗yicha berilmoqda. Bu esa tijorat banklarining
ipoteka kreditlari stavkasidan qariyb ikki barobar past bo‗lib, mohiyat e‘tibori bilan
qishloqda yashayotgan oilalarga katta imtiyoz va imkoniyat yaratib berishga
qaratilgandir.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
―Qishloq qurilish invest‖ kompaniyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, ―Qishloq qurilish bank‖ shu yil fevral oyining
oxirigacha qishloq joylardagi yakka tartibdagi turar-joy massivlarida uy-joylar, tashqi
muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi
ob‘ektlarini moliyalashni va ularning qurilishi boshlanishini ta‘minlasin.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalar
qurilishini jadal rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining
ko‗lamini kengaytirish hisobidan 2012-yilda qariyb 75 mingta yangi ish o‗rni tashkil
etish ko‗zda tutilmoqda.
6
Mustaqillik yillari davomida qo‘llanilib kellanilayotgan bosqichma – bosqich
islohatlar siyosati O‘zbekiston aholisi hayotida farovonlikni oshirishda anchagina
ijtimoiy – iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan rivojlanib kelayotgan Respublika
jahon hamjamoyati tomonidan tan olindi va o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun
samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari
salmoqli o‘rin egallaydi.Shu jumladan qurilish materyallarini umumiy ishlab
chiqarish hajmiga nisbatan tsement – 70 % ni,shifr – 15 % ni,maxsus qurilish
materyallari – 10 %ni va boshqalar - 5 % ni tashkil qiladi.Ushbu keltirilgan
ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki qurilish materyallari ichida sement ishlab
chiqarilishi katta ahamiyatga ega va tez suratlarda rivojlanib bormoqda.Masalan
mamlakatimizda 2000 yilda 3.28 mln tonna tsement ishlab chiqarilgan bo‘lsa,bu
ko‘rsatkich 2009 yilga kelib 6.85 mln tonnaga yetgan. 2011 yilga kelib esa tsement
ishlab chiqarilish hajmi 6.99 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa eksport hajmi ham
oshib 1 mln tonnaga etdi.
Sement tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,dunyoda birinchi sement ishlab
chiqaradigan zavod 1839-yilda Rossiyaning Petrburg shahri yaqinida ish boshlagan
bo‘lsada,XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelibgina sement sanoati tez
tarqqiy etgan.
Ixtiro qilinishi rus harbiy texnigi E Cheliyev va ingliz olimi Jozef Aspidin bilan
boliq.Eng qizii bu ikki olimlar bir-birlaridan bexabar holda bir vaqtda 1824 -1825
yillarda sementni kashf qilishgan.
Angliyalik tadqiqotchi Jozef Aspidin mustahkam sunniy tosh sohasida ish olib
borib 1824-yilda yaratgan ―Sunniy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli‖
ishi uchun patent oldi.Bu sunniy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotgan
portland toshiga o‘xshaganligi sababli portlandsemet deb atalgan.
Rus harbiy texnigi E.Cheliyev esa suvga chidamli sementning yanada
takomillashgan turini yaratish hususuda izlanish olib borib,1825 – yili juda muhum
7
ixtiro qildi:ohak bilan tuproq aralashmasi 1200 … 1300
0
C gacha,ya‘ni oqarib
tovlana boshlaguniga qadar kuydirilganiga qovushib pishgan ―kesaklangan‖
mahsulot hosil bo‘ldi.Uni tuyib suvga qorilsa,suvga chidamli va ajoyib mexanik
xossaga ega bo‘lgan toshga aylanadi.E.Cheliyev o‘zining o‘sha kezlarda Moskvada
nashr etgan ―Arzon va yaxshi mergel ishlash yoki suv inshoatlari,chunonchi,
kanal,ko‘prik,havza,to‘g‘on,ombor,yer to‘la qurish hamda ish va yoochli imoratlarni
suvashda ishlatiladigan nihoyatda pishiq sement tayyorlashga doir mufassal yo‘l
yo‘riqlar‖ degan kitobida shunday yangi sement ishlab chiqarish usulini bayon etgan
edi.
Vatanimiz O‘zbekistonda esa, ilk bor portlandtsement ishlab chiqarish zavodi
1918-yil may oyidan Bekobodda qurila boshlandi. Bu zavod 1926- yilga kelibgina
ishga tushdi. Dastlabki 3 yil davomida korxona portlandtsement ishlab chiqarishni
o‘zlashtirib, yiliga 28 000 tonnadan mahsulot berdi. O‘sha vaqtlarda zavod
zamonaviy hisoblangan soatiga 4 tonna klinker ishlab chiqaradigan 45 metrli
aylanma pechga ega bo‘lgan. Unda xom ashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar
va 1000 kVt quvvatli elektrostansiyaga ega bo‘lgan.
1936 - 1937 yillardagi birinchi rekonstruksiyadan keyin zavod yiliga 155 000
tonna mahsulot bera boshladi. Zavod 1959 yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha
kengaytirildi. Ikkita 118 metrli aylanma pech o‘rnatildi. 1961 yili yana bitta 150
metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720 000 tonnaga yetdi.
1970 yili korxona quvvati 800 000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, oxirgi X besh
yillikda sement ishlab chiqarish 1 mln 50 000 tonnaga yetdi.
1995 yilning matr oyidan boshlab Bekobodsement nomi ―Bekobodsement‖ OAJ
ga o‘zgartirildi.2003 yildan beri zavodning ishlab chiqarish hajmi oshib
bormoqda.2007 yildan esa sement ishlab chiqarilishi qo‘shimchlar hisobiga sezilarli
darajada ortdi.Bugungi kunda ―Bekobodsement‖ OAJ O‘zbekistonda sement ishlab
chiqarish quvvati bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Zavod o‘z mahsulotini Toshkent shahri va Toshkent viloyati bozorlariga
chiqarish
bilan
birga
Qozoiston
Respublikasiga
ham
eksport
qilmoqda.Bekobodsement mahsulotlaridan Nurek va Farxod gidroelektrostansiyalari,
8
Farg‘ona va Sirdaryo issiqlik stansiyalari,metallurgiya zavodi,Toshkent aeroporti,
Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi va boshqa ko‘pgina elektro-energiya va sanoat
korxonalari
qurilishida
foydalanilgan.‖Baykanur‖
kosmadromi
qurilishida
foydalanilgan sement ham Bekobodda ishlab chiqarilgan. Endilikda zavod
texnologiyasi uzluksiz takomillashib,ulkan korxonaga aylandi.
Mamlakatimizda ikkinchi sement zavodi 1929 - yili Quvasoy shahrida qurila
boshlandi.1932 - yilning 21 fevralida bu zavod ishga tushurildi. Birinchi yili
Quvasoy zavodi 42,2 tonna sement ishlab chiqardi. Texnologiya takomillashib, ishchi
va injener - texnik xodimlar malakasining o‘sishi tufayli birinchi 5 yillik oxirida
zavodning ishlab chiqarish quvvati 120 500 tonnaga yetdi.1946 - 1951 yillarda zavod
rekonstruksiya qilinishi oqibatida sement ishlab chiqarilishi yiliga 200 000 tonnani
tashkil qildi. 1951 - 1959 yillarda Quvasoy zavodida katta rekonstruksiya ishlari
amalga oshirildi, zavod kengaytirilib, 150 metrli pechlar bilan jihozlandi.1959 yilga
kelib hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo‘ldi. Zavod quvvati 1960 yili 670 000
tonnani, 1970 yili yesa 800 000 tonnani tashkil qildi. XX asr 5 yillik oxirida zavod 1
mln tonna mahsulot berdi.
1995 – yili avgust oyidan zavod aksiadorlik jamiyatiga aylntirildi.1996-2001
yillarda hamma asosiy sexlarga changyutuvchi sistemalar o‘rnatildi.1999 yilda
Quvasoysement zavodida O‘zbekiston – Amerika oltin qazibolish ―Zarafshon -
Nyumont‖ qo‘shma korxonasi uchun va Respublikadagi issiqlik elektrostansiyalari
uchun suv qattiqligini bartaraf qilish uchun ohakni yuqori sifatli maydalash
tenologiyasi ishlab chiqildi va joriy qilindi.
Quvasoy sement zavodi mahsulotlarini Farona vodiysi va Qiriiston Respublikasi
bozorlarini ta‘minlab kelmoqda.Zavod sement yetishtirib berish bo‘yicha
respublikamizda 3 o‘rinda turadi.
Zavod mahsuloti asosida To‘xtagul Gidroelektrstansiyasi va Andijon suv
ombori
qurilgan.Shuningdek
―Faronaqurilish‖,
‖Namanganqurilish‖
va
―Andijonqurilish‖ trestlari zavodning doyimiy mijozlaridir.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng boshqa zavodlardan ko‘chib keltirilgan jihozlar
hisobiga Angren shahrida bir soatda 6.2 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega
9
bo‘lgan , uzunligi 57,5 metr,diametri 3 metr bo‘lgan bir pechli zavod qurildi. Kichik
hisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 000 tonnaga ham yetmas edi. Zavod 60-
yillarning o‘rtalarida qayta jihozlanib, 80 metrli pechlar o‘rnatildi. Zavodning yillik
o‘rtacha qiymati esa 50 ming tonnani tashkil yetdi.1977 yiling boshiga qadar Angren
sement zavodi yiliga 60 ming tonna oq sement ishlab chiqardi.1989 yilda ―Angren
qurilish materyallari kombinati‖ qoshida ―Sementchi‖ koperativi tashkil
qilinadi.1992 yilda esa davlat mulkiga aylantirlidi.1995 yildan ―Angren qurilish
materyallari kombinati‖ Ochiq turdagi aksiodorlik jamiyatiga aylantirilsa,2002
yildan ―Angren sement kombinati‖OAJ ga o‘zgartiriladi. Hozirda bu yerda 4 xil
rangli sement ishlab chiqarilmoqda.
1968 yilning boshida Ohangaron sement zavodi ishga tushiruldi. Ohangaron
sement zavodi yiliga 2 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda. M.ulomov
tavsiyasiga binoan Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangoron
ohaktoshidan juda yaxshi qovushib pishadigan yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan
oq sement olinmoqda.1983 yilda sement tegirmonlari taminlandi.1995 yildan soatiga
2000 qopda chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.2006 yili ―Yevrosement group‖ Xolding
zavodi tarkibiga kirganidan keyin rivojlanishning yangi bosqichga ko‘tarildi.
2008-yili ―Oxongaronsement‖OAJ portlandsement ishlab chiqaruvchi zavodiga
O‘zbekstandart agentligi tomonidan ―O‘zbekistonning eng yaxshi maxsuloti‖
diploma topshirildi.2009 yili esa tashkilot ―Yevrosement group‖ Xoldingning ―Eng
foydali tashkiloti ‖ kubogi bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik
hisoblangan ―Qizilqumsement‖ OAJ ga 1977-yili asos solindi.1977 – 1978 yilarda
birinchi va ikkinchi linyalardagi diametrlari 6,4/7 mater uzunligi 95 metr bo‘lgan
aylanma pechlari ishga tushurildi.1989 yili esa uchinchi linyasi diametri 4,5 va
uzunlgi 97,5 metrli aylanma pechi o‘rnatildi.har bir aylanma pechning loyihalangan
quvvati sutkasiga 3 000 tonna klinkrni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ―Qizilqumsement‖ OAJ 64 % aksiyalari davlatga,24 % ishchi
xodimlarga,qolgan 13 % esa aksiodorlarga tegishli.Korxonada 2300 ga yaqin odam
10
ishlamoqda. ―Qizilqumsement‖ OAJ zavodi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan
sementning 55 %,eksportning 70 % ini ishlab chiqaradi.
1996 yildan boshlab sementlar qoplarda ham chiqariladigan bo‘ldi.
―Qizilqumsement‖ OAJ sement ishlab chiqaradigan zavodning O‘zbekistondagi
boshqa zavodlardan farqi shundaki,bu zavodda sement quruq usulda ishlab
chiqariladi,boshqa zavodlarda esa ho‘l usulda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishda quydagi zavodlar
yetakchilik qilad:
―Qizilqumsement‖ OAJ - 3.1 mln tonna;
―Oxongaronsement‖ OAJ - 1.74 mln tonna;
‖Quvasoysement‖OAJ - 920 ming tonna;
AK ―O‘zqurilishmateryallari‖ dunyoda sement ishlab chiqarish bo‘yicha
yetakchi hisoblangan Lafarge (Fransiya) kompanyasi bilan hamkorlikda Vatanimizda
yana bitta quruq usulda sement ishlab chiqariladigan zavod Jizzax viloyatida
qurilishiga kelishildi.Ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 mln tonna bo‘ladi. Zavod 2013
yilda ishga tushurilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda sement tayyorlash texnalogiyasi sohasi oldida bir qancha
vazifalar turadi. Bu vazifalarga 1000-2000 markali, mustahkamlik darajasi yuqori
hamda o‘ta tez qotib, sutka mobaynida markadagi mustahkamligining 70% iga
erishadigan sementlar tarkibini ishlab chiqarish va ularni tadbiq etish kiradi. Bunday
sementlar asosida tayyorlanadigan betonlar va beton konsruksiyalar korroziyaga,
sovuq,quruq va issiq iqlim sharoitiga chidamliligi bilan birga suv o‘tkazmaslik kabi
xossalarini oshirishi ham muhim vazifalardandir.
11
Dostları ilə paylaş: |