22
Har hil portlandsementlarni mustahkamlik ko‘rsatkichlari.
Jadval № 2.2
Sementlarning mustahkamligini mineral tarkibiga va qotish muddatiga
bog’liqligi.
Sementning mustaxkamligi uning mineral tarkibiga bevostia bog‗liq bo‗ladi.
Yuqorida qayd etilgandek sementning mustaxkamligiga va qotish tezligiga C
3
S
xal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi va 7 sutkadan so‗ng uning mutsaxkamligi yakuniy
mustaxkamligidan 70% ini tashkil qiladi. Sementning faolligiga omborda saqlash
davomiyligi ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Saqlashning hatto qulay sharoitlarida ham
sementga CO
2
va havodagi suv bug‗lari ta‘sir qiladi. Bunda sement yuzasida
mustahkamlikni pasaytiruvchi gidrat birikmalar va CaCO
3
hosil bo‗ladi. Ular 3
oydan so‗ng 15-20% ga 6 oydan 20-30%ga va undan ko‗pga mustahkamlikni
pasaytiradi. Faollikni pasayishiga gigroskopik qo‗shimchalar (trepel, opoka,
diatomit) larning mavjudligi sabab bo‗ladi bardoshlikni ortishiga esa gidrofob
qo‗shichalar yordam beradi. Faollik hamda qotish tezligini oshiruvchi omillarga
semetning tuyish maydaligi muhim omillardan biridir.
Dostları ilə paylaş: