Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети


Klinkerning kimyoviy va mineralogik tarkibi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Klinkerning kimyoviy va mineralogik tarkibi. 
Kimyoviy tarkib: sementning sifati kuydiriladigan xom — ashyoviy 
qorishmaning kimyoviy tarkibiga bog‗liq. Shu tufayli klinkerni kimyoviy taxlil 
qilish uning sifatini nazorat kilish vositasidir. Bunda nafaqat CaO, Al 
2
O
3
,Si0
2
, Fe 
2
O
3
.MgO kabi eng muhim oksidlar, balki xom ashyoning tarkibida uchrovchi 
MnO. Na
2
O kabi ikkinchi darajali tashkil qiluvchilarning miqdori ham aniqlanadi. 
Odatda bu oksidlarni klinkerdagi miqdori quyidagi chegaralarda tebranadi:
CaO - 63 - 66 % SO

-
0,3-1 % 
SiO
2
- 21-24 % Na 

O+ K 
2
O-0,4-1 % 
Al 
2
O
3
-4-8 % TiO 

+Cr 


3
-0,3-0,5 % 
Fe 
2

3
- 2-4 % P 
2
O
5- 
0,1-0,3 MgO -0,5-5 % 
Bularning natijaviy miqdori 95 — 97% ni tashkil qiladi. 
CaO-kalsiy oksidi klinkerning eng asosiy tashkil qiluvchisidir. Yuqori sifatli 
sement olish uchun undagi CaO kalsiy oksidi erkin holatda emas, balki kislotaviy 
oksidlar — SiO
2
. AL 
2

3
., Fe 
2

3
lar bilan kimyoviy bog‗lanishda bo‗lishi lozim. 
Klinkerda erkin holda qolgan CaO kalsiy oksidi miqdori 1% dan oshmasligi kerak, 
aks holda sement hajmining notekis o‗zgarishi xodisasini yuzaga keltiradi. Yuqori 
haroratda kuydirish jarayonida ortiqcha ohak o‗ta darajada kuyib ketadi. Shu 
tufayli uning so‗nishi qorishma yumshoq bo‗lgan ivish paytida emas, balki sement 
massasi qotib bo‗lgan paytda yuz beradi. Ohakning so‘nishi hajmidagi kuchli 
kengayishlar bilan birgalikda yuz bergani tufayli, bu hol yorilishlar hosil qiluvchi 
va beton yoki qorishmaning buzilishiga olib keluvchi kuchlanishlar paydo qiladi.
CaO kalsiy oksidi miqdorining ortishi (uning albatta kislotali oksidlar bilan 
birikishida) mustahkamlikni orttiradi, hamda sementning qotish jarayonini 
tezlashtiradi, ammo uning suvga chidamligi kamayadi. 


14 
Kremnozyom – SiO
2
- ham klinkerning eng muhim tashkil etuvchilardan 
biridir, u glinozem Al 
2

3
hamda temir oksidi Fe 
2

3
bilan birgalikda kalsiy 
oksidining CaO birikishini va shu bilan birgalikda portlandsementda gidravlik 
qotish xossasiga ega bo‗lgan birikmalarning hosil bo‗lishini ta‘minlaydi. Sementda 
SiO
2
ning ortishi bilan tutib qolish jarayoni sekinlashadi, birinchi muddatlarda 
qotish jarayonini tezligi yanada sekinroq kechadi. Keyingi muddatlarda 
mustahkamlikning yetarlicha izchil orta borishida uning suvga, sulfatli suvlarga 
chidamligi ham ortadi. 
Giltuproq Al 
2

3
— (katta miqdorda bo‗lganda) portlandsement ancha tezroq 
tutib qoladi va qotadi, ammo sement mustaxkamligi ortishining keyingi jarayoni 
sekinlashadi.Sementlar suvga , sulfatlarga va sovuqqa chidamsiz bo‗ladi. 
Temir oksidi Fe 
2

3
—klinkerning pishish haroratini pasaytiradi. Temir 
oksidiga boy bo‗lgan sementlar tarkibida glinozyom , xatto kremnozyom kam 
bo‗lganda ham, ular sekin tutib qoladilar, uzok vaqt davomida qotadilar, sulfatga 
chidamli bo‗ladilar. 
Magniy oksidi MgO —uning klinkerdagi miqdori 5% dan ortmasligi kerak
chunki magniy oksidining anchagina qismi periklaz ko‗rinishida erkin holatda 
bo‗lishi bilan izoxlanadi. U yuqori haroratda kuyadi, qorishma va beton 
qotayotganda suv bilan juda sekin birikadi (gidratlanadi). Ortiqcha miqdorda o‗z 
navbatida sement hajmining notekis o‗zgarishiga sabab bo‗ladi va shu tufayli 
buzilishlarga olib keladi. 
Titan (IV) oksidi TiO
2
— hamisha gilning tarkibida bo‗ladi va klinkerda 0,3% 
dan ortiq bo‗lmagan miqdorda uchraydi. Klinker minerallarining yaxshiroq 
kristallanishiga yordam bergani tufayli uning ozmiqdorlarda bo‗lishi foydalidir. 
Marganes oksidi MnO — klinkerda 1,5% gacha va domna shlakidan 
foydalanilganda yanada ko‗proq miqdorda mavjud bo‗ladi.
Na
2
O —K
2
O ishqorlari klinkerda 0,5% dan 1% gacha bo‗ladi va K
2
O — Na
2

ga nisbatan ko‗proq bo‗ladi. Sementning tutib kolish muddati barqarorlashuvining 
va sement mahsulotlarida aynishlar yuzaga kelishining sababchisi bo‗lganligi 
tufayli ishkorlarning mavjud bo‗lishi maqsadga muvofiq emas. 


15 
SO 
3
– oltin gugurt angidrit gips ko‗rinishda bo‗lib sementning tutib qolish 
muddatini boshqarish uchun kerak bo‗ladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin