Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#164012
1   2   3   4   5   6   7   8
LUTFIY

“ma’dan ul-
latoyif Lutfiyi Shoshiy”
hamda 
“Lutfiyi Shoshiy aytur”
singari ta’rif-u 
jumlalar keltirilgan. Taniqli olim “Funun ul-balog`a” asari bilan shaxsan 
tanish bo‘la olmaganini, bu boraadgi fikrlari A.Hayitmetovning 1998-yil 
17-aprelda “O‘zbekiston adaboyoti va san’ati” gazetasida e’lon qilingan 
“Dilimizga juda yaqin” maqolasi asosida bayon etilayotganligini 
ta’kidlab o‘tadi. Shunday bo‘lsa-da, adabiyotshunos Alisher Navoiyning 
“Majolis un-nafois” asaridan ikki iqtibos va “Badoyi’ ul-bidoya” 
“Debocha”sidan bir parchani keltirib [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 94], 
tahlilga tortadi. Xususan, “Majolis un-nafois”dagi 
“Mutaqaddim 
turkigo‘y shuarodin xoh Mavlono Lutfiy va xoh Mavlono Sakkokiykim, 
Movarounnahrda malik ul-kalom erdilar”
jumlasi B.Valixo‘jayevga 
Mavlono Lutfiyning Shoh, ya’ni Toshkentda tug‘ilgani haqidagi taxminni 
quvvatlantirish imkonini beradi. Biroq nuktadon olim bir necha ma’lumot 
va dalillarni, yuqorida kuzatilganidek, qiyosiy o‘rganmasdan xulosaga 
kelishga o‘rganmagan edi. Shu bois u “Funun ul-balog‘a”da Lutfiyga 
nisbatan qo‘llangan ta’rif va jumlalarda “Mavlono” so‘zining 
qo‘llanmaganiga e’tiborni qaratadi. Bu so‘z, ehtimol XV asrning II 
yarmidan qo‘llanila boshlagandir, degan mulohazaga ham keladi. Taniqli 


74 
adabiyotshunosning “Funun ul-balog‘a” bilan yaqindan tanisha 
olmaganligi shoirning vatani haqida muhim ilmiy xulosalarni bayon 
etishiga imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, uning “Majolis un-
nafois”dagi qaydlarga tayanibgina qolmaganligi ahamiyatlidir. Nuktadon 
olimga xos bunday sinchkovlik shogirdlar tarafidan izchil davom ettirilib, 
“Funun ul-balog‘a”dagi ma’lumotlar Alisher Navoiy asarlaridagi qaydlar 
bilan B.Valixo‘jayev uslublariga xos tarzda tahlilga tortilsa, o‘ylaymizki, 
bu borada muayyan xulosalarga kelish mumkin. 
Ustoz B.Valixo‘jayev Mavlono Lutfiyning tarjimayi holiga oid 
chizgilarni shoirning o‘z lirik merosidan qidiradi. Shoir she’rlarida 
Turkiston, Chig‘atoy, Samarqand, Amu, Hirot, Qorabog‘, Aras, Qrim, 
Kobul, Iroq singari joy nomlari uchrashiga alohida e’tibor qaratadi. Uning 
Hirot shahri chekasidagi Dehi Kanor qishlog‘ida turg‘un bo‘lib qolguniga 
qadar Movarounnahr, Turkiston, Xuroson va Iroqqa sahoyatlarda 
bo‘lgani haqida olimning mulohazalari o`quvchiga qiziqish uyg‘otadi. 
Eng muhimi, B.Valixo‘jayev Mavlono Lutfiyning Dehi Kanorda turg‘un 
bo‘lib qolishini taxminan 1426-1427 yillar tarzida belgilaydi. Taniqli 
adabiyotshunos bunday xulosaga kelish uchun shoirning Shohrux mirzo 
va uning o‘g‘li Boysung‘ur mirzoga yozgan qasidalariga hamda 
Boysung‘ur mirzoning nafaqat Hirotda, balki Movarounnahrda ham 
mashhur bo‘lgan akademiyasi shakllanganligiga tayanadi. Mavlono 
Lutfiyning Boysung‘ur mirzoga bag‘ishlangan 27 baytli va Shohrux 
mirzoning tuzalishi munosabati bilan yozilgan qasidadan iqtiboslar 
tahlilga tortilib, bunday qasidalarni yozish uchun shoirning aynan Hirotda 
bo‘lgani xususida xulosaga kelinadi [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 95-99].
Mavlono Lutfiyning Hirot shahrida uyushtirilgan adabiy yig‘inlar, 
mushoiralarga ishtirok etishi, uning turli Sharq tillarining bilishi kabi 
masalalar ham nuktadon olimning e’tiboridan chetda qolmagan. 
Shuningdek, u shoirning devoni, nusxalar, uning janriy tarkibi, 
Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini turkiyda masnaviyda 
tarjima qilganligi xususida ham nihoyatda aniq ma’lumotlarni, tahlillar 
asosida muhim taxminiy mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. Olim Faxriddin 
Ali Safiyning “Latoyif at-tavoyif” asaridagi ma’lumotlarga tayangan 
holda Mavlono Lutfiy Boysung‘ur mirzoning taklifi bilan Muzaffar 
Heraviyning “Bog‘” radifli qasidasiga javob yozgani va bu temuriy 
jukmdor tomonidan ma’qullangani, Boysung‘ur mirzo Muzaffar 
Heraviyning “Saroy” radifli qasidasiga javob aytishni so‘raganida, unga 
mutoyibali javob aytgani, Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlab “Suxan” 
radifli qasida yozgani, bu hol tarafayn davom etgani, Mavlono Lutfiy va 


75 
Alisher Navoiyga Amir Xusrav Dehlaviyning hinducha-urdu tilida 
bitilgan baytining ta’siri, Lutfiy hazratlarining bu tilni ham bilganliklari 
haqidagi tahliliy ma’lumotlar [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 99-100] 
olimning masalaga nihoyatda talabchanlik bilan yondashganidan dalolat 
beradi. Xususan, u Mavlono Lutfiyning g‘azalnavislikdagi badiiy 
mahoratini ham nuktadonlik bilan tahlil eta olgan. Birgina besh baytdan 
tarkib topgan, baytlari mantiqiy va mavzu jihatidan bog‘langan, shoirning 
“Jonim chiqadur dard ila jononima ayting”
misrasi bilan boshlanuvchi 
g‘azalining kompozitsion yaxlitligini ta’minlovchi unsurlari, undagi 
oshiq, ma’shuqa va uchinchi shaxs singari obrazlarning poetik 
xususiyatlari, radifning ritmik takrori asosida ma’lum bir iltijo, iltimos, 
yordam so‘rashnni ta’kidlash ohangining ifoda etishi, g‘azal matnidagi 61 
ta so‘zdan ayrimlarining takror qo‘llanilishi, bu so‘zlarning baytlar 
kesimida miqdor jihatdan deyarli teng taqsimlanishi, ulardan birortasini 
qoldirish yoki tashlab ketishning imkoni yo‘qligi, shoirning tazod va 
tanosub san’atlaridan foydalanishdagi o‘ziga xos mahorati singari qator 
poetik xususiyatlarning tahlillar jarayonida ochib berilishi [Valixo‘jayev 
B. 2002 (e): 99-100], shuningdek, unda g‘azaldagi barcha so‘zlarning ikki 
asosiy timsol: oshiq va ma’shuqaga bog‘lanishining chizmada 
ifodalanishi [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 116] olimning nozik fahmli 
she’rshunos ekanligidan dalolat beradi. 
Tabiiyki, biz 
“bag‘ri keng, ezgulik va ma’rifat yog‘dusiga katta 
ishonch qo‘ygan baynalmilalchi olim” 
sifatida ulug‘langan, teran 
tafakkur 
sohibi, 
benazir 
adabiyotshunos, 
akademik 
Botirxon 
Valixo‘jayevning ilmiy tadqiqotlarida qo‘yilgan masalani nuktadonlik 
bilan yechimga yo‘naltirishining ayrim jihatlarini o‘z idrokimiz 
doirasidagina ilmiy talqin etishga urinib ko‘rdik. Chinakam olimga xos 
teran tafakkur sohibi bo‘lishiga qaramay kamtarlikni surat-u siyratiga 
singdirgan bu ulkan adabiyotshunosning komil insonga xos qator 
fazilatlari bugun qo‘limizda mavjud bo‘lgan salmoqli ilmiy merosida o‘z 
tajassumini topgan. Bu ilmiy merosni yoshlarimiz qalbiga singdirish 
ularda milliy qadriyatlarga bo‘lgan ehtirom, so‘zning nozik ma’nolarini 
teran idrok etish ko‘nikmasini shakllantiradi. Aytish mumkinki
B.Valixo‘jayev tadqiqotlari yetuk adabiyotshunos olimlar-u shoir va 
yozuvchilarni kamolga yetkazishda chinakam yordamchi bo‘la oladi. 
Biroq ular adadining nihoyatda kamligi undan oz miqdordagi soha 
vakillari va ayrim talabalargina foydalanish imkoniyatini hosil qilgan. Bu 
tadqiqotlarni ko‘p nusxada chop etish, ularning electron nusxalarini 


76 
yaratish nuktadon olimning nomini abadiyatga muhrlash nuqtayi 
nazaridan ham, undan bahra olish nuqtayi nazaridan ham ahamiyatlidir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin