Annotation:
This article illustrates that in his manual "Malik ul-
kalom Mevlana Lutfi" academician Botirkhon Valikhojayev used the
evidence from the sources on the life and work of the poet very carefully,
based on historical principles, and made important conclusions based on
in-depth scientific observations.
Key words:
Mevlana Lutfi, years of birth and death, place of birth
and death, biographies, works, genres of Lutfi's poetry, Lutfi's artistic
skills.
Ulug‘ ustoz, akademik Botirxon Valixo‘jayev nuktapardozlig‘ –
chuqur ma’noli so‘zlar aytish qobiliyati bilan o‘zbek va fors-tojik tilida
bitilgan adabiy, tarixiy, ilmiy manbalardagi ma’lumot, dalil, nazm va
nasrdagi badiiyat namunalarni nuktadonlik – nozik fahmlilik bilan teran
idrok etgan, nihoyatda benazir, zukko olim edilar. Taniqli
adabiyotshunosning ilmiy tadqiqotlarida rus, ingliz, turk va boshqa
tillarda yozilgan mavzuga oid ilmiy manbalarga ham tez-tez murojaat etib
borilgani ko‘zga tashlanadi. Ayni jihatlar bilan yaqindan tanish bo‘lgan
yirik navoiyshunos R.J.Vohidov ustozga bag‘ishlangan
“Samarqandning
ilmiy vijdoni”
kitobida quyidagi fikrlarni bayon etadi:
“U o‘zbek, tojik,
71
rus tillarida mukammal fikrlaydi, ravon yoza oladi. Boturxon domla
bag‘ri keng, ezgulik va ma’rifat yog‘dusiga katta ishonch qo‘ygan
baynalmilalchi olim”
[Воҳидов Р, 2005: 23]. B.Valixo‘jayevdagi bu
noyob qobiliyat taniqli olimning “O‘zbek adabiyoti tarixi” [Валихўжаев
Б. 2002 (a); Валихўжаев Б. 2002 (б); Валихўжаев Ботирхон ва
Қобилжон Тоҳиров. 2002.] sarlavhali o‘quv qo‘llanmalari va “Mumtoz
siymolar” [Валихўжаев Б. 2002 (d); Valixo‘jayev B. 2002 (e).] deb
nomlangan monografiyalarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘zbek
adabiyotshunosligida tarjimayi holi, asarlari bilan bog‘liq masalalarda
munozalarga sabab bo‘lgan Mavlono Lutfiyning hayoti, ijodi, shoirlik
mahorati xususida bitilgan B.Valixo‘jayevning “Malik ul-kalom Mavlono
Lutfiy” nomli monografiyasida [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 84-173]
qo‘yilgan masalalarni tarixiylik tamoyillari asosida hal etishda, ma’lumot
va dalillarni o‘z o‘rnida ishlatishda olimning nuktadonligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
“Malik ul-kalom” Mavlono Lutfiyning tug‘ilgan va vafot etgan
sanalari xususidagi E.Ahmadxo‘jayev va boshqa olimlar, shuningdek,
turk
olimi
Ismoil
Hikmat Ertaylonning qarashlari
akademik
B.Valixo‘jayevni qiziqtirgani holda, olim tarixiy manbalardagi
ma’lumotlarni qayta tahlil jarayoniga tortib ko‘radi. Akbarshoh
hukmronligi davrida Hindistonda 990-h. – 1582-m.da yozilgan Abdulloh
Kobuliyning “Tazkirat ut-tavorix” asarida biror bir asosi keltirilmay,
shoirning tavallud sanasi hijriy 897-yil sha’bon oyining 17-kuni tarzida
keltirilgani va Alisher Navoiy tomonidan Mavlono Lutfiyning 99 yil
yashaganining e’tirof etilgani Ismoil Ertaylonning bu ulug‘ ijodkorning
tug‘ilgan sanasini 797-h. – 1395-m. vafotini esa 897-h. – 1492-m. tarzida
belgilashiga
asos
bo‘lganini
ma’lum
qiladi.
Shuningdek,
A.O‘rinboyevning “Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari
qo‘lyolmasi” nomli maqolasida ham shoirning vafot etgan sanasi 1492-
yil tarzida keltirganini eslatib o‘tadi. Shoirning hayoti va ijodiga doir bir
qator tadqiqotlar olib borgan Erkin Ahmadxo‘jayev va Sodirxon Erkinov
qarashlariga ko‘ra, Mavlono Lutfiyning 1366-1465 yillarda yashab ijod
etganiga ham e’tiborni qaratadi. Biroq nuktadon olim, akademik
B.Valixo‘jayevning fikriga ko‘ra, Mavlono Lutfiyning yashab ijod etgan
yillariga oid taxminiy bildirilgan har ikkala qarash ham haqiqatdan
uzoqroqdir [Valixo‘jayev B. 2002 (e): 87-89]. E’tiborli jihati shundaki,
taniqli olim masala yuzasidan bildirilgan mulohazalarni keskin rad
etmaydi. Hattoki, “haqiqatdan uzoq” deyish ham ko‘ngilga tegishi
mumkinligini inobatga olib, “haqiqatdan uzoqroqdir” deya baho beradi.
72
Mavlono Lutfiyning yashagan davri xususidagi taxminiy fikrlarning
Dostları ilə paylaş: |