8-mavzu. Kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o`rganish Bilish jarayonlari va qiziqishning uzviy bog`liqligini o`rganish (maktab o`quvchilarida anketa metodi yordamida. Anketa 78 savoldan iborat. Savollar kasbiy qiziqishga nisbatan yo`naltirilgan. Qiziqishlar xaritasi javob varaqasini to`ldirish vazifasini to`g`ri tushuntirish). Qiziqishlar xaritasi metodikasi yordamida to`plangan ma’lumotlarni qayta ishlash. Kasbiy qiziqishlar bo`yicha individual xulosalash.
9-mavzu.Shaxs temperamentini tadqiq etish metodlari Asab tizimi xususiyatlarini o`rganishda kuzatish metodi (M.K.Akimova va T.V.Kozlovaning kuzatuv sxemasi). Temperamentning uch xususiyatini o`lchash uchun G.Ayzenkning shaxs so`rovnomasi: ekstroversiya, introversiya, neyrotizm. Temperamentning uchta asosiy xususiyatini baholash uchun asab tizimi xususiyatlari so`rovnomasi (Ya. Strelyayu): qo`zg`alish kuchi, tormozlanish kuchi, asabiy jarayonlarning harakatchanligi. A.Belovning “Temperament formulasi” so`rovnomasi to`rtta temperament turlarining jiddiyligini aniqlash uchun. Asab tizimining xususiyatlarini o`rganish metodikasi (B.A.Vyatkin) asab tizimining uchta xususiyatini baholash uchun: qo`zg`alish kuchi, tormozlanish kuchi, asabiy jarayonlarning harakatchanligi. 10-mavzu.Xarakter aksentuatsiyasini o`rganish Psixologiyada “Xarakter aksentuatsiyasi” tushunchasi. Aksentuatsiya inson shaxsining o`ziga xos xususiyati sifatida. Psixologiyada “Xarakter aksentuatsiyasi” tushunchasini ishlab chiqish. K.Leongard, A.E.Lichkoning qarashlari. Xarakter aksentuatsiyasi o`smir deviant xulq-atvori omili sifatida. Shaxs xarakter aksentuatsiyasi diagnostikasi.G.Shmishek, K.Leongard test-so`rovnomasi. Shaxsning xarakteri va temperamenti aksentuatsiyasini aniqlash metodikasi. Leongard tomonidan aniqlangan 10 ta aksentuatsiya tiplarining ikki guruhga bo`linishi: xarakter aksentuatsiyasi (namoyishkorlik, pedantizm, qotib qolganlik, qo`zg`aluvchanlik) va temperament aksentuatsiyasi (gipertimlik, distimlik, havotir-qo`rquv, siklotimlik, affektivlik, emotivlik).