Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


-mavzu.Tolali va texnik ekinlar. Lub-tolali ekinlar axamiyati. Kanop va tamaki biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə6/9
tarix03.04.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#92842
1   2   3   4   5   6   7   8   9
01O\'simlikshunoslik na\'munaviy dastur oxirgi

15-mavzu.Tolali va texnik ekinlar. Lub-tolali ekinlar axamiyati. Kanop va tamaki biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. Lub-tolali ekinlar - axamiyati, tarkibi, xosildorligi, guruxlari. Kanop axamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, biologiyasi, navlari. Yetishtirish texnologiyasi- o`tmishdosh, yerni asosiy ishlash, o`g`itlash tizimi, ekish muddati, ekish uslubi, me’yori, chuqurligi. Ekinlarni parvarish qilish, sug`orish, begona o`t va zararkunandalarga qarshi kurashish. Xosilni yig`ishtirish uslubi: muddati. Tamaki - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. Tamaki - axamiyati, bargning kimyoviy tarkibi, tarqalishi, tarixi, biologik xususiyati, xosildorligi, navlari. Tamaki ko`chati yetishtirish – ekish muddati, me’yori, ko`chatni parvarishlash. Yerni ko`chat o`tkazishga tayyorlash, ko`chat
o`tkazish, muddati, qalinligi, o`g`itlash, sug`orish, parvarishlash, gul to`plami va bachki novdalarni yulish. Tamaki barglarining yetilishi va ularni yig`ish, quritish.


III. Amaliy mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Birinchi gurux donli ekinlarning sistematik va morfologik belgilarini ajratish (o`rganish).Ikkinchi gurux donli ekinlarining sistematik va morfologik belgilari.
2. Bug`doy turlari va tur xillarini aniqlash belgilari.
3. Sistematik va morfologik belgilari asosida makkajo`xori kenja turlarini aniqlash. Jo`xorini xo`jalik belgilari bo`yicha guruxlarga bo`linishi.
4. Morfologik belgilarga asoslanib sholining kenja turlarini aniqlash.
5. Sistematik va morfologik belgilari bo`yicha tariq va marjumakni aniqlash.
6. Donli ekinlarda fenologik kuzatuvlar olib borish. Donli ekinlarning barg yuzasini aniqlash uslublari. Donli ekinlarni unib chiqishi uchun suv sarfini aniqlash.
7.Don-dukkakli ekinlarni aniqlaydigan morfologik belgilarini o`rganish.Sistematik va morfologik belgilari asosida loviya va soya turlarini aniqlash.
8. Don-dukkakli ekinlarining barg yuzasini aniqlash. Don-dukkakli ekinlarning fenologiyasi.
9. Dukkakli va qo`ng`irboshli o`tlarning fenologiyasi.
10.Tugunakmevaning anatomik tuzilishi. Xosil strukturasini aniqlash. Ildizmevaning anatomik tuzilishi. Ikkinchi yilgi o`simlikning fenologiyasi.
11.O`simlik moyining sifat ko`rsatkichlari, turlarini aniqlaydigan sistematik va morfologik belgilari.Moyli ekinlarning fenologiyasi.
12. Tolali ekinlar turlarini aniqlaydigan morfologik belgilari. Kanop va zig`irning fenologiyasi.
13.Tamakining fenologiyasi.
14. Paxtachilik. G`o`zaning ildiz tizimi, shoxlari va shoxlanish
tiplari, gullash va xosil organlarining to`kilish qonuniyati, ko`sagining tuzilishi.
15. Chigit va tolaning tuzilishi, g`o`zaning asosiy rivojlanish fazalari, nazariy va haqiqiy ko`chat qalinligini aniqlash. Paxta yetishtirish va xosilni yig`ib terib olish bo`yicha namunaviy texnologik xarita tuzish.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib, zamonaviy laboratoriya texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin