I. Fanning mazmuni
Fanning vazifasi - talabani ushbu fan bo`yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish, xar bir ekin turini yetishtirish texnologiyasini tuproq- iqlim sharoitini, fan va texnika yutuqlarini chet elning texnologiyasi bilan bog`lash bilan maxalliy sharoitda qo`llash bo`yicha ko`nikmalar xosil qilishdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad – dala ekinlarini kam mablag` sarflab yuqori xosil yetishtira oladigan va boshqara oladigan yuqori malakali mutaxassisni shakllantirish, xamda dalachilikda fan yutuqlari va ilg`orlar tajribasini qo`llashni o`rgatishdan iboratdir.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. O`simlikshunoslik fanining maqsad va vazifasi, dala ekinlarining umumiy tavsifi va guruhi. O`simlikshunoslik fanining maqsad va vazifasi. O`simlikshunoslik ilmiy fan sifatida. O`simlikshunoslikning respublikadagi axvoli, istiqbollari. Dala ekinlarining guruxlarga bo`linishi. O`simliklar biologiyasining shakllanish sharoitlari. Xosilning shakllanishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillar.
2-mavzu. Donli ekinlarning umumiy tavsifi. Kuzgi don ekinlari biologiyasi. Kuzgi ekinlarning nobud bo`lish sabablari va kurash choralari.Donli ekinlarning axamiyati, tarqalishi, ekin maydoni, xosildorligi. Don ekinlarining guruxlarga bo`linishi. Donli ekinlarning rivojlanish davrlari. Bu davrlarni o`tishiga ta’sir qiladigan omillar. Ekinlarning o`suv davri. Tashqi muxitning ta’siri, boshqaruv usullari. Kuzgi va baxorgi ekinlarning axamiyati, biologik xususiyati. Kuzgi don ekinlarining qishga chidamliligi, chiniqish fazalari, Kuzgi ekinlarning qishda nobud bo`lish sabablari va kurash choralari.