Kurs ishi mavzulari:
Shahar hududini faoliyat doiralariga taqsimlash.
Sanoat shahrini rejalashtirish.
Kurs ishining izohnomasi shakli A4 (297x420) yozuv qog‘ozida zamonaviy kompyuter dasturlarida yoki qo‘lyozma ko‘rinishida 20....25 bet hajmda (old va orqa betida yozish mumkin), Titul varag‘idan so‘ng, birinchi betida – k/i uchun berilgan topshiriq varaqasi, 2 chi betida mundarija, TX so‘z boshi bilan boshlanib, asosiy qismida – ta’riflangan hisoblar va texnik – iqtisodiy ko‘rsatgichlar o‘rin oladi. YAkunida xulosa yozilib, talaba shaxsiy imzo qo‘yishi bilan ish tugatiladi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
kompyuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va konpektlar tayyorlash;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to‘plamlarni chuqur o‘rganish;
interaktiv va muammoli o‘qitish jarayonida faol qatnashish;
masofaviy (distatsion) ta’limni tashkil etishda qatnashish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Dostları ilə paylaş: |