amaliy mashg’ulotlar (eskizlar, chizmalar va maketlar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5.
Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha chizmalarni topshirish.
6.
“Shahar qurilishi va loyihalash asoslari” fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari 2020 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 824-sonli qarori qabul qilindi. Shu qaror asosida «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to’g’risidagi Nizom qabul qilingan. Ushbulardan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to’g’risidagi institutning ichki nizomi 2021 yil 23 yanvar kuni tasdiqlangan bo’lib unga asosankredit-modul tizimida 1 kredit o’rtacha 25 - 30 akademik soatlik o’quv yuklamasiga teng (institutimizda 1 kredit – 30 akademik soat deb olingan). Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to’plashi uchun ma’lum miqdordagi o’quv yuklamasini o’zlashtirishi zarur. O’quv yuklamasi bakalavriatda – 40 - 50% auditoriya soati, 50 - 60% mustaqil ish soatiga (50% -50%), magistraturada - 30% - 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (40%-60%) (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo’linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o’quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.
O’quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo’lib, shundan 30 haftasi akademik davrga (har bir semestr 15 haftadan), 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro’yxatdan o’tishga (har bir semestrda 1 haftadan), 4 haftasi attestasiyalarga (har bir semestrga 2 haftadan) ajratiladi. O’quv yili davomiyligi o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o’zgacha tartibda belgilanishi mumkin.
GPA (Grade Point Average) - ta’lim oluvchining dastur bo’yicha o’zlashtirgan ballari o’rtacha qiymati bo’lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bunda: K - har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U - har bir fan/modul bo’yicha talaba to’plagan baho;
Ta’lim oluvchini kursdan kursga o’tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o’tkazishda GPA ko’rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko’rsatkichi 2,6 dan kam bo’lmasligi talab etiladi. GPA o’tish ballini to’play olmagan talaba qayta o’qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o’quv yili yakuni natijalari bo’yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o’qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo’lgan fanlarni o’zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag’larini to’laydi.
Shartnoma asosida bir kursda qayta o’qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o’qishga qabul qilinganidan so’ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o’qishga qabul qilinganidan so’ng 4 yilgacha deb belgilanadi.