Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
ONA TILI VA ADABIYOTI 9
Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
13.10.2021
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
1.
Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi
gap bo‘lagi uyushgan?
A) aniqlovchi B) ega C) to‘ldiruvchi D) hol
2.
Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu
gapda
nechta otli birikma mavjud?
A)2ta
B)3ta
C)4ta
D)1ta
3.
Berilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin?
1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq;
4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq
A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 2,4,5
4.
Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping
A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir
himoya qilib yashaydi
B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham
zarar
keltiradi
C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi
D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi
5.
Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi?
A) ergashgan qo‘shma gap
B) bog’lovchisiz qo‘shma gap
C) bog’langan qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
6.
Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni
qanday
bo‘ladi?
A) ergash gapdan oldin keladi
B) ergash gapdan keyin keladi
C)
ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin
D) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi
7.
Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan?
A) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga
keldi
B) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi
C) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi
D) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi
uchib ketdi
8.
XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta
doston yozib olingan?
A) 150
B) 200
C) 100dan ortiq
D) 400
9.
Men
turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy
asarini turkiy tilda bitganini aytgan?
A)”Farhod va Shirin”
B)Hayrat ul-abror” C)Layli va Majnun” D)”Sabbayi sayyor”
10.
Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi?
A)Bahouddin Naqshband B)Xo‘ja Ahror Valiy
C)Zangi Ota D)Abduxoliq G’ijduvoniy