Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) ona tili va adabiyoti 9 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti


-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi



Yüklə 239,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.10.2022
ölçüsü239,66 Kb.
#64916
1   2   3
@Respublika filologlari 9 olimpiada Ona tili va adabiyot savollari

2-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi
11. 
Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi?
A) Hamal keldi // amal keldi.


Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) 
ONA TILI VA ADABIYOTI 9 
Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 
13.10.2021 
B) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
C) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi.
D) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi.
12. 
Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan?
A) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi.
B) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi.
C) Uning gapiga kim ham quloq solardi.
D) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. 
13. 
Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan?
A) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
B) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. 
C) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni.
D) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. 
14. 
Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan?
A) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi.
B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish.
C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. 
D) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi.
15. 
Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan?
A) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer.
B) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi.
C) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
D) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. 
16. 
Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? 
A)Bog’da sayr,kitob uchun gilof B)Bulbul navosi,so’z sehri 
C)Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq D)Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada 
17. 
A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”.
Gapdagi yasama so‘zlar miqdori.
A)3ta B)5ta C)4ta D)6ta
18. 
”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan 
murojaat qilinadi?
A)Sog’inch
B)oy
C)quyosh
D)Alloh 
19. 
Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi 
bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi?
A) Kuz yomg’iri B) Na’matak C) O‘zbekiston
D) Qoraxat 
20. 
“Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot 
manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? 
A)Oybek B)O.Sharafiddinov C)A.Qahhor
D)O‘Hoshimov 

Yüklə 239,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin