Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro Nordik universiteti



Yüklə 261,21 Kb.
səhifə1/5
tarix24.05.2023
ölçüsü261,21 Kb.
#121289
  1   2   3   4   5
akt


OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Xalqaro Nordik universiteti

“Iqtisodiyot” yo’nalishi


1-guruh talabasi Abduxomidova Dilfuza ning “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan
“Moliyaviy faoliyatni raqamlashtirish”
mavzusida tayyorlagan


MAVZU: MOLIYAVIY FAOLIYATLARNI RAQAMLASHTIRISH


Reja:
1.Raqamli iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar
2.  Elektron tijoratda moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi
3. Bank-moliya faoliyatini raqamlashtirish
4.Xulosa va takliflar
5.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Raqamli iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi.
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda oʻsish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Oxirgi ikki yil ichida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng ko‘lamli va kompleks ishlar olib borildi. Shu bilan birga, bugungi kunda vazirlik oldida Murojaatnomada aks etgan muhim vazifalar turibdi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ro‘yxatda agrar soha muhim o‘rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro‘yobga chiqarish mo‘ljallanyapti.
Aytish kerakki, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo‘lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.


Yüklə 261,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin