Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro Nordik universiteti


 Bank-moliya faoliyatini raqamlashtirish



Yüklə 261,21 Kb.
səhifə3/5
tarix24.05.2023
ölçüsü261,21 Kb.
#121289
1   2   3   4   5
akt

3. Bank-moliya faoliyatini raqamlashtirish
Iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida moliya-bank tizimini tubdan isloh qilish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llagan holda, ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko'lamini kengaytirib borish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23-martda qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida»gi qarorida "Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo'yildi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo'lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi xozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yoʻnalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi. Moliyaviy sektorda ro’y berayotgan turli xil muammolar va ularning salbiy oqibatlarini yengib o’tish uchun milliy iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng ko’lamda qo’llashga erishish asosiy masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Raqamli banking usullarini qo’llash, iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash va mobil tizimlar rivojlanishiga alohida ahamiyat qaratish moliyaviy bozorlar va banklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada asosiy e’tibor qaratadigan masalalar raqamli iqtisodiyot sharoitida kredit tashkilotining havfsizligini ta’minlash hamda raqamli bankingning rivojlanish muammolari hisoblanadi. Kredit tashkilotining iqtisodiy xavfsizligi bankning ichki va tashqi salbiy havflardan himoya qilish uchun qo’llaniladigan tashkiliy, huquqiy, dasturiy-texnik vositalar va usullar jamlanmasi hisoblanadi. Lekin zamonaviy kredit tashkilotining iqtisodiy havfsizligini ta’minlash uchun kerak bo’lgan asosiy faktorlar majmuiga IT-infratuzilmaning himoyasini ta’minlash, ma’lumotlarning butunligi va firibgarliklarga qarshi kurashishni kiritishimiz mumkin.
Raqamli banking - banklarni va ularning barcha faoliyatlarini, dasturlarini va funktsiyalarini toʻliq raqamlashtirishni anglatadi. Bu nafaqat bank xizmatlari va mahsulotlarini raqamlashtirishga, balki mijozlar koʻrgan interfeysga, shuningdek, ichki jarayonlarni avtomatlashtirishga ham tegishli. Raqamli banking bank va uning mijozlari muloqotining yangi rivojlanish bosqichi bolib, u moliyaviy hizmatlar sektoridagi innovatsiyalarni hamda bu sohadagi raqamli, information va texnologik strategiyalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu haqda ilk bora Microsoft Money deb nomlangan internet banking texnologiyasi yaratilgan paytda gapirilgan edi. Digital Bank Report doirasida o’tkazilgan ilmiy izlanishlar doirasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, jahon miqyosidagi 70% moliyaviy muassasalar raqamli bankingni o’zlarining strategik prioritetlaridan biri deb hisoblaganlar. Raqamli banking bo’yicha zamonaviy ishlanmalarni tahlil qilgan holda bu sohadagi eng asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishimiz mumkin:
-Pul mablag’larini legallashtirishning (noqonuniy) oldini olishga mo’jallangan jarayonlarni avtomatlashtirish;
-Virtual xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan amallarning havfsizlik qoidalariga rioya qilinishini boshqarish;
- Bankomatlarga o’rnatilgan kompyuterlashgan ko’rish tizimlaridan foydalanish;
- Mijozning ishonchliligi reytingini avtomatik ravishda aniqlash texnologiyasini tadbiq qilish
Bank xizmatlari inson raqamli hayotining deyarli barcha sohalarida ham mavjud. Bu sohalarga misol qilib, mobil qurilmalarni, ijtimoiy saytlarni, elektron to’lovlarni va pul o’tkazmalarini, internet-narsalarni, pul depozitlarini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Hozirgi davrda bank va mijozning o’zaro muloqoti butunlay yangi – interaktiv tusga kirib, raqamli fikrlash tushunchasi ham paydo bo’ldi. The Millenial Disruption Index ning ma’ruzasida ham bu holat tasdiqlanadi: 68% respondentlar besh yildan so’ng pullar bilan ishlash butunlay boshqacha bo’lishiga ishonadilar; 33% respondentlar besh yil davomida ularga bankka boorish kerak bo’lamydi deb hisoblaydilar; 70% respondentlar esa besh yildan so’ng mahsulot va hizmatlarga bo’lgan to’lov usuli to’liq o’zgaradi deb ishonadilar; Salkam 50% respondentlar, banklarning ishlash prinstipi tubdan o’zgaradi deb hisoblaydilar. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda raqamli bankingning quyidagi aniqlanuvini keltirishimiz mumkin. Raqamli banking – dasturiy ta’minotlar to’plami bo’lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeys ta’minlab beradi va barchaga bank hizmatlari va mahsulotlaridan onlayn rejimida foydalanishga imkon beradi. Banklarning raqamli transformatsiya qilinishi natijasida yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
1. Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash;
2. Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
3. Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish;
Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi. Shuning uchun ham bu boradagi katta moliyaviy yo’qotishlarning oldini olish uchun raqamli banking kontekstida kredit tashkilotlarining samarali havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodiyot sharoitlarida banklarning havfsiz va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash bo’yicha quyidagi tadbirlarni hulosa sifatida keltirishimiz mumkin:
1. Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitlarida kredit tashkilotlarining iqtisodiy havfsizlik darajasini oshirish eng birinchi navbatdagi ishlardan biridir;
2. Raqamli banking bank iqtisodiy havfsizligi tizimida zaruriy elementlardan biri bo’lib qoladi;
3. Raqamli banking – moliyaviy sektorning rivojlanish yo’nalishi bo’lib, zamonaviy analitika vositasida turli hildagi chakana bank hizmatlarining raqamli transformatsiyasiga olib keladi, turli darajadagi kredit tashkilotlari orasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va eng yangi ilg’or texnologiyalar va raqamli innovatsiyalarning bank sektoriga kirib kelishiga sabab bo’ladi.
Moliyaviy sektorning rivojlanishi nuqtai-nazaridan raqamli transformatsiya yangi raqamlashtirilgan ish muhitini yaratish natijasida moliyaviy faoliyat yuritishni mukammallashtirishdir. Bank jarayonlarini raqamlashtirish uchun raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida professional masalalarni hal qila oladigan malakali kadrlar va yangi mansablar talab qilinadi. Bu mansablar qatoriga raqamli texnologiyalar bo’yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo’yicha direktor lavozimlarini kiritish mumkin. Mutahassislarning fikricha, bank sektorining raqamli transformatsiyasini amalga oshirish uchun uch xil yondoshuvdan foydalanish mumkin.(1-diagramma). Dunyo bo’ylab 26% banklar foydalanadigan yondoshuv raqamli texnologiyalarni to’liq raqamli transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha sifatida tadbiq qilishni ko’zda tutadi – bu brinchi yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish asosida va pilot loyihalarni amalga oshirgan holatda bosqichma-bosqich tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u 42% banklar tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli perspektivada mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislar (dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar va marketologlar)ni o’z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi hamda yangi faoliyat yo’nalishlarini testlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli trnsformatsiyaga bo’lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki va tashqi jarayonlarning to’liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida amalga oshiriladi. Hozigri vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani amalga oshirish 32% banklar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda raqamli transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini saqlab turish uchun kerakli bo’lgan muhim tadbir hisoblanadi va bugungi kunda bank operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga oshirilayapti. Bunday holat raqamli innovatsion texnologiyalarning afzalliklarini tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Shuni ham aytish lozimki, raqamli transformatsiya jarayoni konkret bankning xususiyatlar va talablarini hisobga olgan holdagi aniq strategiyaga asoslangan bo’lishi kerak. Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga imkon beradi.


Yüklə 261,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin