2. Elektron tijoratda moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi Moliyaviy investitsiyalar moliyaviy bozorlarning samarador ishlashi va
raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonida juda katta axamiyatga egadir. Raqamli
iqtisodiyot davlat organlarining, kompaniyalarning, tadbirkorlarning va
fuqarolarning ish uslublarini o’zgartirib yuborib, ularga turli xildagi vazifalarni
bajarishni ancha yengillashtiradi. Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning
va jamiyatning rivojlanishiga turtki beradi hamda yangi texnologiyalarni turli
yo’nalishlarda ishlatishga imkon beradi va bu orqali iqtisodiyotning raqamli
transformatsiyasiga olib keladi. Yuqori darajadagi tashkiliy va insoniy kapitalga
ega bo’lgan kompaniyalar katta ehtimollik bilan raqamli texnologiyalarga bo’lgan
investitsiyalardan katta miqdorda foyda olishlari mumkin. Bunday kompaniyalar
yetarli darajada moslashuvchan bo’lib, o’z investitsiyalaridan keladigan foydani
maksimallashtirisa oladilar, sotuvlarni ko’paytirish uchun imkoniyatlari mavjud,
jarayonlarni qayta tashkil eta oladilar hamda ishlab chiqarish samaradorligini
oshira oladilar. Bunday shart-sharoitlarda moliyaviy investitsiyalar raqamli
iqtisodiyotga o’tishning asosiy drayveri bo’lib hisoblanadilar.
Raqamli transformatsiya jarayoni deb, raqamli texnologiyalarni
mavjud biznes-modellarni mukammallashtirish uchun ishlatishga hamda uning
vositasida faoliyat samaradorligini oshirishga aytiladi. Bu jarayon doimiy asosda
innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishni ko’zda tutib, butun iqtisodiyotning
to’laqonli raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Raqamli texnologiyalardan
foydalanish banklarning, davlat organlarining va potentsial mijozlarning o’zaro
munosabatini mukammallashtiradi. Raqamli transformatsiya bank hizmatlari
ko’rsatishning zamonaviy usullarining barcha jabhalarda ishlatishni ko’zda tutadi.
Natijada banklarning filiallari soni kamayadi, bir qancha xizmatlar, shu jumldan,
kredit berish va vositalarni investitsiyalash on-layn servislar ko’rinishiga o’tadi.
Bank sektorining bunday transformatsiyasi o’zining kamchiliklariga ham ega –
oldingi avlod raqamli iqtisodiyot tushunchalarini o’zlashtirishga qiynaladi va uning uchun ish yuritishning an’anaviy usullaridan voz kechish unchalik yoqmaydi, banklarga esa mobil platformalarda ishlaydigan to’liq on-laynga o’tish juda foydali bir tadbir bo’ladi. Misol sifatida Britaniyadagi mijozlar bilan ishlash
uchun mo’ljallangan moddiy bo’limlari yo’q bo’lgan AtomBank ni keltirish mumkin. Unda barcha operatsiyalar mobil ilovalar yordamida amalga oshiriladi. Rossiyada ham on-layn bankingning rivojlanishi bo’yicha bir qancha misollar keltirish mumkin. Masalan, fizik shaxslarga hizmat ko’rsatish bo’yicha innovatsion takliflarni AO “Tinkoff Bank” da ko’rish mumkin. Internet-bankingga o’tmasdan oldin mijozlar bazasining ko’payishi yiliga 500 mingni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ushbu ko’rsatgich 1,0-1,8 millionni tashkil qiladi, ya’ni, yangi mijozlar soni 2-3 martaga ko’paygan. Huquqiy shaxslar uchun raqamli texnologiyalarning ishlatilishiga misol qilib, AO “Modulbank” ni keltirishimiz mumkin. Unda zamonaviy on-layn banking tizimi ishga tushganidan so’ng, mijozlar soni 1,5 barobarga ko’paygan. Raqamli texnologiyalarning yutuqlarini tadbiq etish bank hizmatlari butun sutka, oy va yil davomida to’xtovsiz amalaga oshirilishi tufayli bankdagi mijozlar sonini oshirishga olib keladi.
Bank sektorini raqamli transformatsiya qilish jarayoni quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: mijozlar bilan ishlash tajribasini tahlil qilish, ko’rsatilayotgan hizmat va mahsulotlarning raqamlashtirilishi va tashkilotning ichki jarayonlarini
transformatsiya qilish. Raqamli transformatsiya jarayoni mijozlar bilan ishlash
tajribasini to’laqonli o’rganish, mavjud talablarni tahlil qilish va yangi talablarni
aniqlash orqali ta’minlanadi.
Banklar innovatsion rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi uning hizmatlaridan foydalanuvchiardir, chunki ular o’z talablari vositasida zamonaviy bank hizmatlari va mahsulotlariga bo’lgan real talabni yaratadilar. Mijozlar banklar bilan muloqot tajribalarini umumlashtirib, u yoki bu hizmatni qanchalik qulay va oson olganliklari bilan bank ishini baholaydilar. Shuning uchun ham bank sektori mutahassislari mijozlar bilan ishlash tajribasini muttasil ravishda o’rganishlari va mavjud kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etishlari talab qilinadi. Oldingi davrlarda banklar faoliyatining samaradorligi mahsulot va tovarlar sotishning maqsadli ko’rsatgichlari qanday bo’lgani orqali baholangan. Ammo raqamli iqtisodiyot davrida banklar yangi sharoitlarga, ya’ni, mijozlarga yo’naltirilganlik va ularning talablariga moslashishlari talab etiladi.
Hozirgi kunda milliardlab mijozlarga mobil telefonlar orqali hizmat ko’rsatilishi mumkin. Bu esa banklarni raqobatbardoshlilikni ta’minlash
maqsadida ishlatilayotgan raqamli texnologiyalarni doimiy ravishda
mukammallashtirishga majbur qiladi. Barclays banki on-layn bankingni tadbiq
etgan birinchi banklardan biri bo’lgan: natijada endi mijozlar bank filiallariga bir
oyda bir marta kelayaptilar, shu vaqtning o’zida mobil bank hizmatlaridan oyiga
18 marta foydalanmoqdalar. Banklarning ichki jarayonlarini transformatsiya qilish
ham bank sektorining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Mijozlarga
yo’naltirlgan raqamli texnologiyalarning tadbiq qilinishi bilan bir qatorda,
boshqaruv, rahbarlik va nazorat funktsiyalarini ham yanada mukamallashtirish
lozim. Banklarning to’laqonli raqamli transformatsiyasini amalga oshirish
yo’lidagi asosiy to’siqlardan biri hizmat ko’rsatuvchi personalda raqamli
iqtisodiyot sharoitlarida ishlash ko’nikmalarining yo’qligidir. Mijozlar bilan
ishlashni mukammallashtirishda CRM (Customer Relationship Management)
tizimi banklar raqamli transformatsiyasini amalga oshirishning muhim
elementlaridan biridir.
Banklarning raqamli transformatsiyasi raqamli strategiyani ishlab chiqish va
qo’llash bilan bog’liq kompleks yondoshuvni talab qiladi. Transformatsiya moliya-
kredit faoliyatini yuritishning barcha jihatlarini, shu jumladan, bankning boshqaru
mexanizmini raqamlashtirishni ham qamrab oladi va samaradorlikni maksimal
ravishda oshirishga yordam beradi.