“John Hancock”. Kompaniya 1993 yildan boshlab olimpiya harakati bilan hamkorlik bo’lib kelmoqda. Kompaniya o’zining xizmatlarini jahon moliya bozorida tavsiya qiladi. Kompaniya asosiy e’tiborni sportchilarning moliyaviy ta’minotiga qaratadi. “John Hancock” kompaniyasi reklama faoliyati bilan ham keng shug’ullanadi. Kompaniyaning maqsadlaridan biri – xalqlar o’rtasida do’stlik, birdamlik, tinchlik, haqqoniy o’yin tamoyillarini tarqatishga qaratilgan.
“Kodak”.
Bu kompaniya I Olimpiya o‘yinlaridan boshlab olimpiya harakatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Parijda (1924 y.) bo’lib o’tgan VIII Olimpiya o’yinlarida kompaniya birinchi marta professional fotograflarni fotoplyonkalar bilan ta’minlagan edi. Kompaniya o’zining yangi texnologiyalari, xizmatlari va mahsulotlarini taqdimot qilish maqsadida Olimpiya o’yinlaridan foydalanadi. Barselonada (1992 y.) bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida kompaniya ilk bor “Kodak Photo CD” tizimini namoyish qilgan. Lillexammerda (1994 y.) XVII qishki Olimpiya o’yinlari va Atlantada (1996 y.) XXVI yozgi Olimpiya o’yinlarida kompaniyaning raqamli kameralari keng ommaning e’tiborini tortgan.