4-bob. Boshqa shaharlik (xorijlik) opponentlarning yo‘lkira, yashash xarajatlari va sutkalik to‘lovlari uchun sarf-xarajatlarni qoplash 13. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy daraja olish yuzasidan dissertatsiya himoyasi bo‘yicha rasmiy opponent sifatida boshqa shaharlik yoki xorijlik mutaxassis olimni, uning roziligi bilan, belgilashi mumkin.
14. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha boshqa shaharlik (xorijlik) opponentlarga, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, dissertatsiya himoyasini o‘tkazish joyiga bir martalik kelib-ketish, yashash joyi ijarasi (uch kun muddatgacha) xarajatlari qoplanadi, shuningdek, sutkalik pullar (uch kun muddatgacha) to‘lanadi.
Bunda boshqa shaharlik opponentlarga, ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha opponentlik qilish davrida, ularning asosiy ish joyidan,xizmat safari xarajatlari qoplanmasdan, belgilangan tartibda xizmat safari guvohnomasi beriladi hamda o‘rtacha ish haqi (uch kun muddatgacha) saqlanadi.
15. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha boshqa shaharlik opponentlarga, yo‘l xarajatlari, yashash joyi ijarasi uchun xarajatlarni qoplash, shuningdek, sutkalik pullarni to‘lash, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida, respublika hududida xizmat safarlari uchun belgilangan tartib va miqdorda amalga oshiriladi.
16. Xorijlik opponentga, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, yo‘l xarajatlari, yashash joyi ijarasi uchun xarajatlarni qoplash, shuningdek, sutkalik pullarni to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, muassasa va xorijlik opponent o‘rtasidagi shartnomalarda belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
5-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar himoyasini stenografiya qilish 17. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning dissertatsiya himoyasi bo‘yicha majlisini o‘tkazishda majlis jarayoni stenografiya qilinib, majlis stenogrammasi rasmiylashtiriladi.
18. Ilmiy darajalarga talabgorlik dissertatsiyasi bo‘yicha himoyani stenografiya qilish maxsus tashkilotlar tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu tashkilotlarda belgilangan narxlar (tariflar) bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Ilmiy darajalarga talabgorlik dissertatsiyasi bo‘yicha himoyani stenografiya qilish uchun xarajatlarni to‘lash mablag‘larni belgilangan tartibda bevosita tegishli,stenografiya xizmatlarini ko‘rsatgan tashkilotlarga o‘tkazish (kirim qilish) orqali amalga oshiriladi.