235
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Fandan talabaning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fandan nazorat turlari.
Fandan talaba(lar)ning bilimini nazorat qilish oraliq va ykuniy nazorat turlarini
o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis,
ob’ektiv va aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON)
semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari davomida 2
martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv semestri davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha ON
o‘tkazilmaydi).
ON bo‘yicha talabaning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi
shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2”(qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: