1. Har bir baliq qaysi daryo / oqimda qo’lga olindi;
2. Baliq turi (laqabaliq, keng og’izli okun yoki kichik og’izli Buffalo baliq);
3. Uzunligi (santimetrhisobida);
4. Og’irligi (gramm hisobida);
5. DDT kontsentratsiyasi (milliondagi qismlar hisobida).
Miqdor yoki sifat jihatdan o’lchangan beshta o’zgaruvchilardan har birini tasniflang.
1.8-misol.Ma’lumotlarni yig’ish usuli – Internetga qaramligini o’rganish Veb-foydalanuvchilarning necha foizi Internetga qaram bo’lib qolgan? Buni bilish uchun, psixolog keng
foydalaniladigan uyin uchun o’rnatilgan mezonlari asosida bir qator 10ta savollarni ishlab chiqdi va ularni
ABCNews.com veb-sayti orqali tarqatdi. (Savolning namunasi: “Muammolardan qochish uchun siz Internetdan foydalanasizmi?”)
Savolnomaga jami 17251ta Internet veb-foydalanuvchilari javob berishdi. Agarda ishtirokchilar savollarning kamida
yarmiga “ha” deb javob berganganda, ular qaram bo’ulib qolganlar sifatida ko’rilardi. Amerika psixologlar
uyushmasining yillik yig’ilishida chop etilgan tadqiqot natijalari 990 respondentlar yoki 5,7% Internetga qaram ekanligini
ko’rsatdi.
a. Ma’lumotlarni yig’ish usuli aniqlang;
b. Bosh to’plamning maqsadli guruhlarini aniqlang;
v. Ma’lumotlar tanlanmasi reprezentativ bosh to’plam deb hisoblanadimi?
1.9-misol.Ma’lumotlarni yig’ish usuli - gipnozga sezuvchanlikni o’rganish Tennessi universiteti psixologlari insonlarni gipnozga sezuvchanligini yuzasidan o’rganish o’tkazdi
(
Psychological Assessment , mart 1995y.). Psixologiya universitetining 130 talabasidan iborat tasodifiy tanlanmadan har
birisi an’anaviy gipnozni ham kompyuter yordamidagi gipnozni ham sinab ko’rdi. Ulardan qariyb yarmisi tasodifiy
tartibda avvalisiga an’anaviy amaliyotni, keyin esa kompyuter yordamidagi amaliyotni o’tish uchun taqsimlandi. Boshka
yarmi tasodifiy tartibda avvalisiga kompyuter yordamidagi amaliyotni, keyin esa an’anaviy amaliyotni o’tish uchun
99
taqsimlandi. Barcha talabalar gipnoz qismlaridan so’ng talabani gipnozga sezuvchanligini o’lchash uchun mo’ljallangan
savolnomalarni to’ldirishdi. Talabalar ikki guruhlarning sezuvchanlik baholash taqqoslamasini o’tkazing.