Oliy matematika, statistika va ekonometrika


Xususiy iste’mol xarajatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   237
statistika

Xususiy iste’mol xarajatlari. 
MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol 
xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan 
predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. 
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar
.Umum qabul 
qilingan uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan 
mashina, uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda qurilish ishlari; zahiralarning 
o’zgarishi. 
Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari. 
Tovar va xizmatlarni davlat xaridi asosan soliq 
tushumlari va boshqa davlat daromadlari hisobiga moliyalashtiriladi. Ko’pchilik xarajatlar shartli tarzda hisoblangan o’z 
iste’moli uchun nobozor ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat bo’ladi. 
Sof eksport. 
Mamlakat miqyosida eksport va import ayirmasi. 
Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-
rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi: 
– faqat uy xsho’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar; 
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan 
daromadlar. 
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, 
ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va 
ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar. 
YAIM – pul, vaqt va sifat ko’rinishidagi ko’rsatkich bo’lib sanalgani sababli, uning hajmini hisoblashda narxlar 
o’zgarishining ta’siri kuchli bo’ladi. YAIM hajmiga uning tarkibiga kiruvchi barcha pirovard tovar va xizmatlarning 
jismoniy hajmlaridagi hamda narxlaridagi o’zgarishlar ta’sir o’tkazadi. 
Nominal YAIM bu joriy bozor baholarida hisoblangan YAIMdir. 
Real YAIM bu bazis davr yoki o’tgan davr baholarida hisoblangan YAIMdir. 
Nominal YAIMni real YAIMga o’tkazishda, ya’ni o’zgarmas baholarda hisoblashda quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 

Baholar indeksi orqali deflyatsiyalash usuli 

Fizik hajmi indeksi yordamida ekstrapolyatsiya qilish usuli 

To’g’ridan-to’g’ri o’zgarmas baholarda baholash usuli 

Ko’rsatkichlarni xarajat elementlarini deflyatsiya qilish usuli 

Ikki marotaba deflyatsiyalash usuli 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin