58
1950-1750
Daromadlar
-milliy daromadni hisoblash
-hisoblashdan maqsad, soliqlarni to‘g‘ri hisoblashdir.
1700-1900
Ishlab chiqarish
YaIM hisoblash
-ishlab chiqarishni chegarasini aniqlash
1940…
Makroiqtisodiyot
Hozirgi amaliyotdagi MHT
Iqtisodiy jarayonlarni amaliyotga asoslangan holatda MHT orqali tavsiflash uchun siyosiy-iqtisodiy
qonuniyatlarga suyanishi kerak. Ana shunday kontseptsiyalardan biri ishlab chiqarish chegarasi va tarkibiy qismidir.
Shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiy ishlab chiqarish kontseptsiyasi, ilmiy iqtisodiyot fani asosidir. Bu kontseptsiyaning
o‘z tarixi mavjud. Ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning rivojlanishi o‘zaro bog‘liq holda o‘zgarib tyrdi. Masalan,
fiziokrat Fransua Kenening fikricha, iqtisodiy ishlab chiqarish faqat tog‘-kon sanoatida jamlashgandir, chunki
iqtisodiyotga bu sohalar tabiatdan ajratib olingan.
Qolgan tarmoqlar esa, tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan
mahsulolarning ko‘rinishi bir-xolatdan boshqa xolatga aylantirgan.
Fiziokratlarning bu nazariyasi o‘sha davrda, tog‘-kon sanoati juda rivojlangan davrga to‘g‘ri kelgan, keyinchalik
boshqa tarmoqlar bilan birga sanoat ham rivojlana boshlagan. Bu kontseptsiyani juda to‘g‘ri emasligini A.Smit o‘zining
moddiy ishlab chiqarish kontseptsiyasida asoslagan, ya’ni muayayan ishlab chiqarish sohasiga hamma ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar kirishini aytgan. A.Smit fikriga ko‘ra xizmat sohasi ishlab chiqarish tarkibiga kiritilgan. K. Marks hamda sovet
siyosiy iqtisodchilari xizmatlarni ishlab chiqarish tarkibiga kiritmagan, shu sababli bu soha yaxshi rivojlanmay qolgan.
Shuni aytish kerakki bundan 300 yil ilgari ingliz iqtisodchisi V.Petti yashagan davrda iqtisodiyotni rivojida xizmat sohasi
katta o‘rinni tashkil qilgan. Shuning uchun V. Petti xizmatlarni ham ishlab chiqarishga kiritgan, ana shu kontseptsiya
MHT uchun asos bo‘lgan. Faqatgina uy xo‘jaligidagi uy bekalarining xizmati hisobga olinmagan. Hozirgi MHTda uy
xizmatkorining xizmati ishlab chiqarish tarkibiga kiradi. Agarda siz uy xizmatchingizga uylansangiz, YaIM qiymati uy
xizmatkorining daromadi miqdoriga kamayadi.
MHT yangi nusxasining MHT-1993 kontseptsiyasida uy xo‘jaligida uy bekalarining xizmatini hisoblash
tavsiya qilinadi. Shu bilan birga narkotik modda
ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarini ham
hisobga olish tavsiya kilinadi. Shu kungacha ko‘pgina davlatlar buni hisobga olgani yuq. Ishlab chiqarish aktivini ushlab
turganda inflyatsiya tufayli ularning oshgan qiymatlari, tabbiy o‘sgan o‘simliklar va yovoyi xayvonlar mahsulotlari esa
ishlab chiqarishga kiritilmaydi.
Makroiqtisodiy statistikada mamlakat iqtisodiyotining iqtisodiy salohiyatiga eng umumlashtirib baho beruvchi
ko’rsatkich sifatida yalpi milliy daromad (YAMD) va yalpi ichki mahsulot (YAIM) qabul qilingan.
YAMD
– ushbu mamlakat rezidentlari tomonidan, qaerdaligidan qat’iy nazar, olingan daromadlardir. Shu sababli
ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari qo’shilib, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu
mamlakatda olingan daromadlar kiritilmaydi.
YAIM
– kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan
daromadlar. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari kiritilmasdan,
norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar qo’shiladi.
YAIM
ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va
xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovarlarning bir qismi sotilmay qolsa, ular moddiy aylanma mablag’lar zahiralarida
hisobga olinadi. YaIM mahsulotlarning, sotilgan yoki sotilmaganligidan qat’iy nazar, ushbu yilda ishlab chiqarilgan
barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatini ifodalagani sababli moddiy aylanma mablag’lar zahiralarining
o’zgarishi YAIMni hisoblashda inobatga olinadi.
Har qanday ishlab chiqarishning natijasi o’laroq, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarish
deganda,
umuman olganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalarning xarajatlarni amalga oshirish
jarayoni tushuniladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot boshqa individual yoki jamoa birliklarga beriladi.
Ishlab chiqarishning ikkita asosiy turi mavjud: mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar.
Tovarlar – egalik huquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir. Biroq tovarga egalik huquqining
mavjudligi etarli emas. Tovarlar bir vaqtning o’zida ma’lum predmetlar bo’lib, ularga ma’lum birliklar ega bo’lishlarini
hohlashlari kerak, ya’ni ularga talab bo’lishi lozim. U yoki bu tovarga egalik huquqi bir institutsional birlikdan
boshqasiga bozordagi oldi-berdilarda qatnashish orqali o’tkazilishi mumkin.
Xizmatlar – buyurtma bo’yicha turli ishlab chiqarishlar bo’lib, odatda iste’mol qiluvchi birliklar holatining
o’zgarishiga olib keladi. Ishlab chiqarish bir birlik tomonidan boshqa birlik foydasiga bajariladigan faoliyat turlari bilan
chegaralanadi. Aks holda, xizmat ko’rsatish sohasi rivojlana olmasdan, xizmatlar bozori mavjud bo’lmas edi.
Xizmatlar ishlab chiqaruvchi tomonidan iste’molchi uchun o’zgartirishlarni amalga oshirilishi turli shakllarda
namoyon bo’lishi mumkin, xususan:
– iste’mol predmetlari holatining o’zgarishi: ishlab chiqaruvchi iste’molchiga tegishli bo’lgan buyumlarni tashishi,
tozalashi, ta’mirlashi yoki boshqa usul bilan o’zgartirishi;
– iste’molchining fizik holatini o’zgarishi: ishlab chiqaruvchining iste’molchini tashish, joylashtirishi, tibbiy va
jarrohlik davolashi, iste’molchining tashqi ko’rinishini yaxshilash va h.k.;
– maorif, axborot, maslahat, ko’ngilochar yoki shunga o’xshash xizmatlar orqali iste’molchining
aqliy holatini
o’zgartirish;
59
– sug’urtalash, himoyalash, moliyaviy vositachilik, kafolat va boshqa xizmatlar orqali iste’molchining umumiy
iqtisodiy holatini o’zgartirish.
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish deganda institutsional birliklar nazorati ostida, mehnat yoki kapital, tovar va
xizmatlar xarajat qilinib, boshqa tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi tushuniladi. Har doim ushbu jarayonga mas’ul
bo’lgan va ishlab chiqarilgan natijaga egalik qiladigan institutsional birlik bo’lishi lozim. Uning ishlab chiqarish natijasi
va ko’rsatgan xizmati to’lanishi yoki qandaydir tarzda qoplanishi talab qilinadi.
Odamlarning ishtirokisiz yoki nazoratisiz sodir bo’ladigan sof tabiiy jarayonlar, ularning natijalari iqtisodiy
qiymatga ega bo’lsada, iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarish bo’lib hisoblanmaydi. Masalan,
boshqarilmaydigan
xalqaro suvlardagi baliq boyliklarining ko’payishi ishlab chiqarish sohasi bo’lib hisoblanmaydi, baliqlarni mahsus
joylarda boqish va ko’paytirish esa, ishlab chiqarish sohasiga kiritiladi, chunki ushbu ishlar odamlar nazorati ostida,
ma’lum xarajatlar qilib, amalga oshiriladi.
MHTdagi ishlab chiqarish tushunchasi umuman ishlab chiqarish tushunchasiga nisbatan torroq hisoblanadi. Uy
xo’jaligi a’zolarining bir birlariga xizmat ko’rsatishlari, haq to’lanadigan uy xizmatchilari xizmatlaridan foydalanishdan
tashqari, xuddi uyqu va ovqatlanish singari, ishlab chiqarish faoliyati bo’lib hisoblanmaydi.
Shunday qilib, MHTda ishlab chiqarish sohasiga quyidagilar kiradi:
1. Ushbu tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilari bo’lmagan boshqa birliklarga taqdim etiladigan yoki taqdim
etishga mo’ljallangan, keyinchalik boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladiganlarini ham
qo’shib hisoblaganda, barcha turdagi individual va kollektiv mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish.
2. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’z ishlab chiqarish yoki yalpi jamg’arish, moddiy aylanma mablag’lar
zahiralarining oshishini ham hisobga olganda, maqsadlarida ishlab chiqaruvchilarning o’zida qoldirilgan barcha tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish.
3. O’z pirovard iste’moli uchun, uy xo’jaliklaridagi o’z uy yoki shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilganlaridan
tashqari, ammo haq to’lanadigan uy xizmatchilari bajaradigan xizmatlarni va o’z uyida istiqomat qilish xizmatlarini
qo’shganda, ishlab chiqarilgan xizmatlar.
Noqonuniy ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumotlarni olishdagi amaliy qiyinchiliklarga qaramasdan, u mohiyatiga
ko’ra ishlab chiqarish chegaralrida joylashgan bo’ladi. Noqonuniy ishlab chiqarishning ikkita turi mavjud:
a) qonunchilikka binoan sotish va tarqatish yoki ularga egalik qilish ta’qiqlangan tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish;
b) odatda legal, ammo uni ruxsat olmasdan ishlab chiqarish bo’yicha faoliyat, masalan, malakasiz vrachlar.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar ikki yo’nalishda foydalanilishi mumkin: birinchidan,
pirovard iste’mol, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tovar va xizmatlar bozorga qaytib kelmaydi va to’laligicha
xaridorlar tomonidan iste’mol
qilinadi; ikkinchidan, ushbu tovarlardan foydalanib, boshqa tur va sifatga ega bo’lgan
tovarlar ishlab chiqarish maqsadida oraliq iste’moli sifatida foydalaniladi.
Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan
tovar va xizmatlar qiymati kiradi. Ba’zi xarajatlar boshqa mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilganiga qaramasdan yana
paydo bo’lishi mumkin. Masalan, dondan un ishlab chiqarilishi mumkin, undan, o’z navbatida, no ishlab chiqariladi.
Boshqa xarajatlar to’laligicha iste’mol qilinidagi yoki foydalaniladi, masalan, yoqilg’i va ko’pchilik xizmat turlari.
Ko’p vaqt davomida to’liqligicha iste’mol qilinadigan mahsulotlar oraliq iste’moli sifatida emas, balki asosiy
kapital sifatida ko’riladi, va ularning iste’moli asosiy kapital iste’moli deb yuritiladi.
Shunday qilib, pirovard mahsulotlar deganda, qaytadan sotish
yoki qayta ishlash uchun emas, balki pirovard
iste’mol uchun xaridorlar tomonidan sotib olinadigan tovar va xizmatlardir. Oraliq mahsulotlariga qayta ishlanadigan
yoki qaytadan sotiladigan tovarlar kiradi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda takroriy hisobga olish muammosi mavjud. Agarda takroriy hisobga yo’l
qo’yilsa YaIMni hajmi sun’iy ravishda oshib ketadi.
YAIM tarkibiga faqat pul birligida hisobga olinishi mumkin bo’lgan, ya’ni ishlab chiqarish ekvivalenti mavjud
bo’lgan daromadlar (qayta taqsimlash natijasida olingan daromaddan farqli o’laroq) kiradi. Ushbu talab u yoki bu sohada
pul birligida baholash mumkin va maqsadga muvofiq bo’lgan ishlab chiqarish va qayta taqsimlash hamda bozor
operatsiyalari chegaralanishini talab qiladi.
Ta’riflarni chegaralash va ajratish masalasini ishlab chiqarishni pasayib boruvchi pul-bozor shkalasi yordamida
asoslash mumkin. U taxminan quyidagi ko’rinishga ega:
1. Bozorda sotish maqsadida (pulga ayirboshlash) ishlab chiqarilgan mahsulot.
2. Natura ko’rinishida ayirboshlanadigan tovarlar (barter yoki naturada to’lash).
3. Davlat xizmatlarini haq to’lab iste’mol qilish yoki soliqlar hisobiga moliyalashtirish.
4. Bozorda sotilmaydigan huquqlarni taqdim etish (masalan, nafaqa olish huquqi).
5. Ishlab chiqaruvchi tomonidan o’zi ishlab chiqargan mahsulotini iste’mol qilish.
6. Iste’molchining mulki bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilish (masalan, o’z uyida istiqomat qiladigan uy egasi o’zi
ishlab chiqargan uy xizmatlarini iste’mol qiladi).
7. Odatda bozorda sotishga mo’ljallanmagan uy xo’jaligida tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish (masalan, uy
bekalarining ishlari, xavaskorlikka narasalarni tayyorlash va h.k.).
YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning tarkibiga faqat pirovard mahsulotlar
(tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi.
60
YAIM hajmini aniq va to’g’ri hisob-kitob qilish uchun ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar faqat bir
marta hisobga olinishi lozim. Ko’pgina mahsulotlar bozorga tushguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichlaridan
o’tadilar. Natijada ko’pchilik mahsulotlarning ayrim komponentalari bir necha marta sotiladi va sotib olinadi. Mahsulot
qismlarini ko’p marta hisobga olinishini bartaraf qilish maqsadida, YAIMni hisob-kitob
qilishda faqat pirovard
mahsulotlarning bozor qiymatlari hisobga olinadi va oraliq mahsulotlari pirovard mahsulot qiymatlarida hisobga
olinganligi sababli chegirilidi. Oraliq mahsulotlarini hisobga olish takroriy hisobga olib kelib, YAIM hajmini sun’iy
tarzda oshirib, bo’rttirib yuboradi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha oldi-sotdi bitimlari pul aktivlari bilan almashuvni ifodalagani uchun joriy ishlab
chiqarish hajmini bevosita ko’payishiga olib kelmaydi.
YAIM tarkibiga oldingi davrlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishning kiritilmasligiga asos bo’lib, ushbu
mahsulotlarning o’sha – ishlab chiqarilgan vaqtda hisobga olinganligi hisoblanadi, aks xolda bu takroriy hisobga olib
keladi.
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi
xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
YAIM=UPI+IN+JPI+SE ,
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol
xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari;
JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport
– import).
Dostları ilə paylaş: