MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA TAQSIMLASHNING
TARMOQLARARO BALANSI
Bu ko’rinishda ikki tarmoq (qishloq xo’jaligi va sonoat), ishlab chiqarishning bitta birlamchi faktori va har ikkala tarmokning mahsulotini iste’mol qilinadigan va mexnatni ishlatadigan davlat sektori ko’rsatib o’tilgan. Bu misolda davlat sektori hech narsa ishlab chiqarmaydi va uning iste’moli shu sektorda ishlab chiqilgan tovarga bo’lgan talabni bildiradi.
Faraz qilaylik ma’lum bir davr oraligida iqtisodiyotning 4-sektori orasida sof mahsulot oqimi bo’yicha ko’zatish olib borilgan. Bu ko’zatish natijasi «Ishlab chikarish natijasi va harajatlar» jadvalida berilgan bo’lsin.
Ishlab chiqaruvchi sektor
|
Iste’mol qiluvchi sektor
|
Jami
|
Qishloq xo’jaligi
|
Sanoat
|
Mexnat resurslari
|
Yakuniy talab
|
Qishloq xo’j.
|
600
|
400
|
1400
|
600
|
3000
|
Sanoat
|
1500
|
800
|
700
|
1000
|
4000
|
Mehn.resurslari
|
900
|
4800
|
700
|
600
|
7000
|
Bu jadvalda ko’rsatilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasi, yangi texnologiyalarni joriy etish yoki mahsulot 3-faktorining narxini o’zgartirganda, o’zgarishi mumkin.
Ammo narxlar deyarli o’zgarmaydigan, yangi texnologiyalarni joriy etish jarayoni esa sekin amalga oshirilayotgan bo’lsin. Shu bilan birga davlat sektori qishloq xo’jaligi mahsulotiga bo’lgan talabi ming tonna, 1200 mashina va 800 ta ishchini ishga joylashtirishi kerak bo’lsin. Ko’rib utilayotgan masalada davlat talabi yakuniy talab bo’lsin. Har bir ishlab chikarish sektorida mexnat resurslari va ishlab chikarish darajasi qanday bo’lishini aniqlash talab etiliyapti. Boshqacha qilib aytganda, Y = (1000, 1200, 800) berilganda X-ni topish kerak.
V matritsasini qo’llashdan oldin uning to'g'riligini X = B*Y orkali tekshiriladi. V matritsasi to'g'ri ekanligini bilgandan keyin
ekanligini topamiz.
Shunday qilib, ma’lum bir davr oraligida yangi yakuniy talabni qondirish uchun taxminan 4288 tn qishloq xo’jaligi mahsulotlari, 5364-ta mashina va shularni ishlab chiqarish uchun 9470 ishchi kuchi kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |