Neyronlar barcha tirik hujayralar kabi qo‘zg‘aluvchanlikka, ya’ni qo‘zg‘atuvchilar yoki rag‘batlar deb ataladigan atrof-muhitning omxllari ta’siri ostida yoki ulaming holatini buzilishi oqibatida tinch holatdan faol holatga o‘tish qobiliyatiga ega. Turli ta’sirlarga javobari organizmning tuzilmasi, funksivalari va uning hujayralarim o‘zgarishi biologik reaksiya deb ataladi. Hujayralaming reaksiyasi, ulaming shakllari, tuzilmasi, o‘sishi va bo‘lmish jarayonlarining oczgarishida, ularda turli kimyoviy moddalarai hosil bo‘lishida, potensial energiyani kinetik energiyaga aylanishida, u yoki bu ishni bajarishda (bo'shliqda harakatlanish, moddalar ajratishda va h.k.) namoyon boiadi. Neyron uchun, uning faoliyat ko‘rsatishini chaqiruvchi tabiiy qo£zg‘atuvchi asab impulsi hisoblanadi. Bu impulslar boshqa neyronlardan yoki tashqi va ichki muhitning jisinoniy, fizik va kimyoviy signallami angiash uchun ixtisosiashgan hujayraJaridan, ya’ni retseptorlardan kelib tushadi.
Та’sirotlar yetarlicha katta kuchga ega bo‘lsa, tez paydo boMsa, uzoq muddat davom etsa tirik hujayralarning yoki bir butun organizmning qo‘zg‘atuvchisi bolishi mumkm. Qo‘zg‘atuvchiIar fizikaviy (harorat, mexanik ta’sir, bosim, harakatlanish, tezlashish, elektrik, yorug‘lik, osmotik bosimning o‘zgarishi, muhitning va elektrolit tarkibning faol reaksiyasi) va kimyoviyga (organik va anorganik moddalar) bo’linadi. Fiziologik mohiyatiga ko'ra qo‘zg‘atuvchilar adekvat va noadekvatlarga bo‘linadi. Adekvat qo ‘zg ‘cituvchilar - ma’lum bir biologik tuzilmaga tabiiy sharoitda ta’sir ko‘rsatadiganlar hisoblanadi. Ularni anglashga ushbu biologik tuzilma maxsus moslashgan va ularni sezishga unda qobiliyat juda yuqori. Ko‘z to‘rining tayoqchalari va kolbachalari uchun adekvat qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, quyosh spektri ko‘rinadigan qismining nurlari, tilning ta’mni sezuvchi so‘rg‘ichlari uchun - turli xil kimyoviy moddalar va h.k. hisoblanadi.
Ularni anglashga ushbu biologik tuzilma maxsus moslashgan va ularni sezishga unda qobiliyat juda yuqori. Ko‘z to‘rining tayoqchalari va kolbachalari uchun adekvat qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, quyosh spektri ko‘rinadigan qismining nurlari, tilning ta’mni sezuvchi so‘rg‘ichlari uchun - turli xil kimyoviy moddalar va h.k. hisoblanadi. Noadekvat qo'zg'atuvchilar - shunday qo‘zg‘atuvchilarki, ulami anglash uchun ma’lum bir hujayra yoki a’zo maxsus moslashgan boimaydi Masalan, mushakni kislota, elektr toki, bexosdan cho‘zilishi va h.k. ta’siri ostida qisqarishi. Qo‘zg‘alish. Asab va mushak to‘qimalarming hujayralari qo‘zg‘atuvchiga nisbatan tezkor reaksiyani amalga oshirishga maxsus moslashgan. Ushbu to‘qimalaming hujayralari qo‘zg‘aluvchan deb, ulami qo‘zg‘atuvchiga nisbatan javob berish qobiliyati esa qo‘zg‘alish deb ataladi. Qo‘zg‘alish oichovi bo‘lib, uni chaqira oladigan qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi xizmat qiladi. Bu qo‘zg‘aluvchanlikning bo‘sag‘asidir. Reaksiyani chaqirish uchun talab qilinadigan qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi qanchalik katta bo‘lsa, qo‘zg‘aluvchanlik bo‘sag‘asi shunchalik yuqori va qo‘zg‘alish shunchalik past bo‘ladi va aksincha, qo‘zg’aluvchanlik bo‘sag‘asi qanchalik past bolsa, qo‘zg‘alish shunchalik yuqori bo‘ladi.