Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi. Mavzu : Nerv tizimining umumiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#147012
1   2   3   4
Aminova Nodira nerv

Turli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanlik bo‘sag‘asi turlicha boiishi mumkin. Retseptorlaming qo‘zg‘alishi, adekvat qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan, ayniqsa, yuqori bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan hujayralar uchun qo‘zg‘atuvchilaming ta’siriga reaksiya qilishning o‘ziga xos shakli xarakterlidir: ularda to‘lqinsimon fiziologik jarayon paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘alish - murakkab biologik reaksiya bo‘lib, fizikaviy, fizik-kimyoviy va funksional o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Barcha hujayralarda sitoplazma va tashqi muhit o‘rtasida, ya’ni hujayra tashqi membranasining ikkala tomonida potensiallar farqi mavjud. Hujayra membranasi, shunday qilib, qutblangan hisoblanadi. Uning ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadlangan. Ushbu farq membrananing tinchlik potensiali (MP) deyiladi. Uning kattaligi bir necha o'nlab mV ga teng. Potensiallaming bunday farqlari sababi, hujayra ichida - sitoplazmasida va hujayra tashqarisida - o‘rab turgan to‘qima suyuqligidagi ionlar konsentratsiyasining tengsizligidir.

Sitoplazmada, to‘qima suyuqligidagiga nisbatan 30-50 marta ko‘p kaliy ionlari va 8-10 marta ko‘p natriy ionlari mavjud. Tinch holatda hujayra 8 membranasi natriy ionlari uchun kam o‘tkazuvchan, kaliy ionlari uchun esa o‘tkazuvchan boiadi va ushbu ionlarni membrana orqali o‘tishi NSPni belgilaydi. Qo‘zg‘aluvchan hujayralarda qo‘zg‘alish paytida natriy ionlariga ayrim hujayralarda kalsiy ionlariga nisbatan meiftbrananing oikazuvchanligi ortadi. Ushbu musbat zaryadlangan 'tonlarni hujayra ichiga o lishi MPni pasayishiga (membranani qutbsizlanishi) va hattoki qarama-qarshi belgili potensiallar farqini namoyon boiishiga olib keladi.

Birlamchi potensiallar farqining (PF) tiklanishi membrananing repolyarizatsiyasi - avvaliga hujayradan kaliy ionlarini chiqishi hisobiga amalga oshadi, keyinchalik natriykaliyli nasos hisobiga sitoplazma va hujayrani o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi ionli konsentratsiyaning tengligi tiklanadi (kaliy ionlari hujayraga qaytadan kiradi, natriy ionlari esa undan chiqadi). Ushbu tiklanuvchi jarayon ma’lum bir energiyani sarflanishini talab qiladi. Ushbu energiya moddalar almashinuvi jarayoni tufayli yetkazib beriladi. Hujayraning qo‘zg‘alish momentidagi - membrananing maksimal qutbsizlanishi davridagi xarakterli xususiyati - uni yangi qo‘zg‘atuvchiga javob bera ofmasligi hisoblanadi. Hujayraning, unga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatgan vaqtidagi qo’zg’almaslik holati refrakterltk deyiladi. Reflektor reaksivalar. Asab tizimi mavjud hayvonlarda o‘ziga xos, alohida tipdagi reaksiyalar - reflekslar rivojlangan. Refiekslar - organizmning MAT ishtirokida sodir boiadigan javob reaksiyalaridir.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin