Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə75/110
tarix14.12.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#176809
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
2-kurs uchun Bolalar kutubxonasi

1 Mavzu: Mashxur o’zbek bolalar adib yozuvchilari ijodi.
Reja:
1. O’zbek bolalar adib yozuvchilari ijodi etgan davr.
2. Bolalar adib yozuvchilari ijodi namunalari.
3. Bolalar adiblarning ijodlari namunalari sharhi
Ma’lumki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o’tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog’liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarini eslab o’tish o’rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga ko’p ma’lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo’lib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga ko’chib yurgan qo’shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo’shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (Sevimli haqiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy insonning og’ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo’lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o’ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g’azallari timsolida XV asr o’zbek she’riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba to’pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxtsaodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o’zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, o’zbek mumtoz adabiy tiliga asos solgan va o’zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’targan buyuk so’z san’atkori bo’lib, davrning madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiylik qildi, ko’plab shogirdlar yetishtirdi. Alisher Navoiy “Hayorat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayoratlanishi) dostonining 40bobida rostgo’ylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab yozadi: “Har kim o’ziga to’g’rilik (halollik)ni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan nima ishi bor? Yo’l qancha to’g’ri bo’lsa, (manzil) shuncha yaqin. Nayoza to’g’ri bo’lganidan doim boshi yuqori. Arqon har narsaga chirmashgani uchun mol, qo’ylarni bog’laydi. Sarvning qomati to’g’ri bo’lgani uchun xazon kulfatidan omonda va doimo yam-yashil Kimning qo’li egri bo’lsa, u o’g’ri bo’ladi. Kim o’g’rilik bilan mashhur bo’lsa, xalq uning qo’lini kesib to’g’ri qiladi.
Navoiy Sohibqironning uzugi–muhridagi “Rosti–rusti” (rostlik–xaloslik) yoki “Kuch-adolatda” degan shiorning amalga oshgani uchun mamlakat ahli farovon yashaganini ayotadi.
XI–XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida o’sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va adabiyoti yoritilgan. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og’zaki ijodi asosida yaratgan “Husn-u dil” dostoni ishq-muhabbat, aql-farosat, odob-axloqqa bag’ishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar bo’la oladigan “Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”‘, “Nay va Shamshod”, “Kosayi Chin Nargis”, “Binafsha va chang” kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo’lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir.
Gulxaniy ham “Zarbulmasal” asarida o’zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodalagan.
Munis mehnatkash xalqning og’ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg’urdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob o’qishga, johil va yomonlardan uzoq bo’lishga chaqirdi. Munis “Savodi ta’lim” risolasi orqali bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo’shdi. Uning ma’rifatparvarlik g’oyalari o’zidan keyin yashagan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar kabi shoirlarning ijodiga ham katta ta’sir ko’rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayoroq qilib ko’targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo’llanmalarda bolalar hayoti, o’qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.
Abdulla Avloniyning (“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq”), Hamza Hakimzoda Niyoziyning (“Yengil adabiyot”, “Axloq hikoyalari”, “Qiroat kitobi”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.
O’tgan asrning 20yillarida Fitrat, Cho’lpon, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, G’ayoratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o’rin oldi.
Kattalar adabiyotining jo’shqin kuychisi Usmon Nosir o’zining “Bog’im” she’rida inson mehnat qilsa, bog’ yaratsa, uning mehnati hech qachon yo’q bo’lmasligini, ayniqsa, u bog’ barpo qiladigan bo’lsa, uning dov-daraxti mangulikka daxldor ekanligini quyidagicha ta’rifladi, bolalarni mehnat qilishga, bog’-rog’larni ko’paytirishga chorladi:
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog’im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
She’rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog’im.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin