Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə77/110
tarix14.12.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#176809
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
2-kurs uchun Bolalar kutubxonasi

2 Mavzu: Jaxon bolalar adabiyoti.
Reja:
1. Bolalar adabiyotining rivojlanishi.
2. Jahon bolalar adiblarining ijod namunalari.
3. Jaxon bolalar adiblar ijodlari sharhi

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng yurtimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o'rni, ahamiyati yanada oshib bormoqda. Negaki, tarjima asarlarini o'qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o'sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzuintilishlari bilan oshno bo'ladilar. Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o'tib dillarni yashnatib yurgan «Qizil Shapkacha» (SH.Perro), «Robinzon Kruzo» (D.Defo), «Gulliverning sayohatlari» (J.Svift), «Dyumchaxon» (X.Andersen), «Oltin baliq» (A.S.Pushkin), «Tom Soyerning boshidan kechirganlari», «Shahzoda va gado» (M.Tven), «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun» (J.Vern), «Don Kixot» (J.Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo'sh urdirib yuboradi. XX asrda yaratilgan «Maugli» (R.Kipling), «Kichkina Shahzoda» (A.de sent-Ekz Yuperi ), «Katta va kichiq Karlson» (A.Lindgren), «Toshkent-non shahri» (A.Neverov), «Vinni Pux» (A.Miln), «Ahmoq sichqoncha haqida ertak»(Marshak), «Uch baqaloq» (YU.Olesha), «Quvnoq Japbaqlar»(B.Kerboboyev), «Doktor Aybolit» (K.Chukovskiy), «Temur va uning komandasi» (A.Gaydar), «Chipollinoning sarguzashtlari» (J.Rodari), «Styopa amaki» (S.Mixalkov), «Kim bo'lsam ekan?» (V.Mayakovskiy), «Bilmasvoy quyosh shahrida» (N.Nosov) singari olam kezib 6 yurgan asarlar o'zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda. Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi. Bu asarlarning ko'pchiligida ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish («Uch baqaloq»); noshukur bo'lmaslik, ota-ona pandnasihatiga quloq solish («Ahmoq sichqoncha haqida ertak»); inson va insonga mehr («Maugli»); tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish («Doktor Aybolit»); odamlar xizmatini qilish, beminnat yordam ko'rsatish («Timur va uning komandasi»); o'ziga pishiq-puxta bo'lish, ichki sirlarni o'zgalarga oshkor qilmaslik («Qizil Shapkacha»); namunali o'qish, kasb-hunar egasi bo'lish («Kim bo'lsam ekan?»); sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish («Quvnoq Japbaqlar») dek olijanob g'oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o'stirdi.


Jahon bolalar adabiyoti deganimizda yer yuzidagi barcha xalqlarning atoqli yozuvchilari yaratgan, nafaqat o’z xalaqlari balki barcha xalqlar bolalari uchun sevimli bo’lib ulgurgan badiiy asar namunalarini tushunamiz. Jahon bolalar yozuvchilari deganimizda o’zbek bolalari uchun ham allaqachon sevimli Sh. Perro, Daniel Defo, Jonatan Svift, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Karlo Kollodi, Mark Tven, Frensis Bret Gart, Xans Kristian Andersen, Redyard Jozef Kipling, Antuan de Sent-Ekzyuperi, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, L.N.Tolstoy, K.I.Chukovskiy, S.Y.Marshak, N.N.Nosov kabi atoqli adiblar yodimizga tushadi. Chunki buyuk fransuz ertakchisi Sh. Perroning „Qizil Shapkacha“, „Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“, ingliz adibi Daniel Defoning “Robinzo Kruzo”, mashhur ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, nemis adiblari akauka Yakob va Vilgelm Grimmlarning ajoyib ertaklari, italiya adibi Karlo Kollodining “Pinokkioning boshidan kechirganlari”, aerikaning mashhur yozuvchisi Mark Tven qalamiga mansub “Shahzoda va gado”, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Ovsar Vilson”, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, yana bir amerikalik yozuvchi Frensis Bret Gartning “Cho’ldan topilgan bola”, daniyalik mashhur Xans Kristian Andersen ertaklari, ingliz adibi Redyard Jozef Kipling qalamiga mansub “Jungli kitobi”, “Shunchaki kichkintoylar”, “Maugli”, fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”, buyuk shoir A.S.Pushkinning „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“, „Baliqchi ham baliq haqida ertak“, „O’lik malika va yetti bahodir haqida ertak“, „Oltin xo’roz haqida ertak“, “Shoh Saltan haqida ertak” kabi ertak-dostonlari, N.A.Nekrasovning “Sasha”, “Ayoz hukmdor”, “Kuzak”, “Bulbullar”kabi go’zal she’rlari, ulug rus yozuvchisi L.N.Tolstoy qalamiga mansub “Fillipok”, “Danak”, “Chol bilan nabira”, “Arslon bilan it”, “Akula”, “Sakrash” kabi ertak va hikoyalari, K.I.Chukovskiyning “Barmaley”, “Doktor Aybolit”,S.Ya.Marshakning “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, N.N.Nosovning “Bilmasvoy va do’stlarining sarguzashtlari”, “Bilmasvoy Quyosh shahrida”, “Bilmasvoy Oyda” kabi asarlarini butun dunyo bolalari, shu jumladan o’zbek bolalari ham sevib o’qiydilar. Jahon bolalar adiblarining ijod namunalari o’zbek xalqi manaviy merosining bir bo’lagiga aylanib ulgurgan.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin