Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi


JONATAN SVIFT (1667–1745)



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə79/110
tarix14.12.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#176809
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
2-kurs uchun Bolalar kutubxonasi

JONATAN SVIFT (1667–1745)
„Gulliverning sayohatlari“ romani bilan jahonga tanilgan J. Svift Irlandiyaning poyotaxti Dublinda ruhoniy oilasida tavallud topdi. 1698-yilda ona yurti Angliyaga keladi. Bu yerda yaqin qarindoshi, yozuvchi, davlat arbobi sifatida faoliyat ko’rsatayotgan Vilyam Templga kotiblik qiladi, yaxshi-yomon odamlar bilan tanishadi, hayotning pastbalandini o’rganadi, Vilyam Templning boy kutubxonasidan foydalanadi. Dublinga qayotgan Svift bu yerda universitetning diniy fakultetiga o’qishga kiradi. Uzoq yillar Dublin ibodatxonasining noziri vazifasida xizmat qiladi, badiiy ijod bilan shug’ullanadi. Richard Stil tomonidan nashr etiladigan „Laqma“ hajviy jurnalida she’r va hikoyalari bilan ko’zga tashlana boshlaydi. Natijada adibning „Kitoblar jangi“, „Bochka haqida ertak“, „Movutfurush ertaklari“ kabi romanlari yuzaga keldi. Svift o’nlab roman, ocherk, pamflet va boshqa asarlar yozgan bo’lsa-da, ammo u faqat „Gulliverning sayohatlari“ asari bilan keng kitobxonlar ommasiga tanildi.
AKA-UKA GRIMMLAR
Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahri yaqinidagi Xanau shaharchasida tug’ilgan. Ular Kasseldagi o’rta maktabni tugatishgandan so’ng Marburg universitetining huquq fakultetiga o’qishga kirdilar. Marburg universitetida o’qib yurgan chog’laridayoq nemis tarixi va madaniyati, huquq va morfologiyasi, xalq og’zaki ijodi hamda til va adabiyot bilan shug’ullana boshladilar. Ayniqsa ular K. fon Savini yordamida tarix va filologiyani chuqur o’rgandilar. Savini ularda ushbu fanlarga qiziqish uyg’ota oldi va kelajakda aka-ukalar xalq og’zaki ijodini o’rganishni maqsad qilib oldilar. O’qishdan so’ng Yakob professor Savini bilan birga Parijga qadimiy qo’lyozmalarni qidirish ushun yo’l oldi. 1808 yilda Yakob o’sha payotlarda Vestfaliya qiroli bo’lgan Jerom Bonapartning shaxsiy kutubxonachisi bo’ldi. Sakkiz yildan keyin ukasi Vilgelm kotib bo’lib ishlayotgan Kassel kutubxonasiga kutubxonachi sifatida qayotib keldi. Ular bu erda juda ko’p ishlarni amalga oshirdilar. Xalq og’zaki ijodiga mansub ertak va afsonalarni yig’dilar. O’qish, o’z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo’li bo’ldi. Yakob nemis tili tarixi grammatikasi bilan mifologiyani, Vilgelm esa nemis adabiyoti va xalq og’zaki ijodini o’rgana boshladilar. Nemis xalq og’zaki ijodining gullabyashnashiga, olam kezishiga bir ko’prik yasadilar. Nihoyat, 1812-yilda Grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi „Bolalar va oilaviy ertaklar“ yuzaga keldi. 1815-yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi. 1816-1818 yillarda “Nemis xalq ertaklari” deb nomlangan kitoblari nashr etildi. 1830 yilda aka-ukalar Gyottingen universitetida talabalarga filologiyadan saboq berdilar. Keyinchalik, yaniy 1840 yilda Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm IV tomonidan Berlin Fanlar Akademiyasi a’zosi etib tayinlandilar.
Test savollari:
1. Kutubxona jamg’armasiga kirgan darsliklarni hisobga olish daftari necha qismdan iborat?
1 qimsdan
b.ikki qismdan
v) uch qismdan,
4 qismdan.
d) 6 qisimdan
2. Maktab kutubxonasi ish rejasi necha bo’limdan iborat?
a.uch bo’limdan,
b.olti bo’limdan,
v) 7 bo’limdan,
g) 9 bo’limdan
d) 10 daqiqa
3. O’zbek adiblaridan kimlar ilk bor ramon va drammalar yozadi?
A) A. Qodiriy, Cho’lpon, Hamza, Fitrat, Oybek,
b) Behbudiy, Hamza, A. Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon,
v) Hamza, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Komil Yashin,
g) К. Yashin
d) С. Аҳмад
4. Ishda qabul qilishda sinov muddatlari qancha bo’ladi?
a) 3 oyga ayrim hollarda kasaba kelishuvidan keyin
b) 6 oydan bir yilgacha
v) sinov muddati mumkin emas.
g) sinovsiz.
d) to’g’ri javob yo’q

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin