Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi


«5» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə8/110
tarix14.12.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#176809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
2-kurs uchun Bolalar kutubxonasi

«5» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi dasturiy manbalarning butun hajmini o‘zlashtirib olganligini namoyon qilsa;
b) o‘rganilgan manbadagi asosiy mazmunni (qoidalarni) ajrata bilsa va o‘zgartirilgan savollarga javob bеrishda qiynalmasa;
v) egallagan bilimlarni amaliyotda erkin qo‘llay olsa;
g) o‘rganilgan manbani qayta aytib bеrishda xatolarga yo‘l qo‘ymasa hamda yozma ishlarni bеxato, batartib va dadil bajarsa.
«4» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi butun o‘tilgan manbalarni bilsa;
b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bеrsa;
v) egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olsa;
g) og‘zaki javoblarida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymasa, ba’zi noaniqliklarni o‘qituvchining savollari yordamida oson bartaraf qilsa;
d) yozma ishlarida juziy (unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan) xatolarga yo‘l qo‘ysa.
«3» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi asosiy manbani o‘zlashirib olgan bo‘lsada, uni aytib bеrishda qiynalsa;
b) javoblari, o‘qituvchining qo‘shimcha va aniqlik kiritishini talab etadigan savollar bеrilishi bilan to‘ldirilsa:
v) takrorlab aytib bеruvchi haraktеrdagi savollarga javob bеrishni afzal ko‘rsa va shaklan o‘zgartirilgan savollarga javob topishda qiynalsa:
g) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
«2» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lsa, ammo manbaning katta qismini o‘zlashtirmagan bo‘lsa:
b) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
v) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida tasavvurlarga ega bo‘lmasa, manbalarni juda bo‘sh, qoniqarsiz o‘zlashtirgan bo‘lsa.


3-ILOVA: UYGA VAZIFA BERISH
1.Mavzuni o‘qib konspekt qilib kelish
2.Amaliy ko‘nikmalarni bajarib o‘rganish


Mavzu bo‘yicha qisqacha axborot materiali
Jahon bolalar adabiyoti deganimizda yer yuzidagi barcha xalqlarning atoqli yozuvchilari yaratgan, nafaqat o’z xalaqlari balki barcha xalqlar bolalari uchun sevimli bo’lib ulgurgan badiiy asar namunalarini tushunamiz. Jahon bolalar yozuvchilari deganimizda o’zbek bolalari uchun ham allaqachon sevimli Sh. Perro, Daniel Defo, Jonatan Svift, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Karlo Kollodi, Mark Tven, Frensis Bret Gart, Xans Kristian Andersen, Redyard Jozef Kipling, Antuan de Sent-Ekzyuperi, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, L.N.Tolstoy, K.I.Chukovskiy, S.Y.Marshak, N.N.Nosov kabi atoqli adiblar yodimizga tushadi. Chunki buyuk fransuz ertakchisi Sh. Perroning „Qizil Shapkacha“, „Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“, ingliz adibi Daniel Defoning “Robinzo Kruzo”, mashhur ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, nemis adiblari akauka Yakob va Vilgelm Grimmlarning ajoyib ertaklari, italiya adibi Karlo Kollodining “Pinokkioning boshidan kechirganlari”, aerikaning mashhur yozuvchisi Mark Tven qalamiga mansub “Shahzoda va gado”, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Ovsar Vilson”, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, yana bir amerikalik yozuvchi Frensis Bret Gartning “Cho’ldan topilgan bola”, daniyalik mashhur Xans Kristian Andersen ertaklari, ingliz adibi Redyard Jozef Kipling qalamiga mansub “Jungli kitobi”, “Shunchaki kichkintoylar”, “Maugli”, fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”, buyuk shoir A.S.Pushkinning „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“, „Baliqchi ham baliq haqida ertak“, „O’lik malika va yetti bahodir haqida ertak“, „Oltin xo’roz haqida ertak“, “Shoh Saltan haqida ertak” kabi ertak-dostonlari, N.A.Nekrasovning “Sasha”, “Ayoz hukmdor”, “Kuzak”, “Bulbullar”kabi go’zal she’rlari, ulug rus yozuvchisi L.N.Tolstoy qalamiga mansub “Fillipok”, “Danak”, “Chol bilan nabira”, “Arslon bilan it”, “Akula”, “Sakrash” kabi ertak va hikoyalari, K.I.Chukovskiyning “Barmaley”, “Doktor Aybolit”,S.Ya.Marshakning “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, N.N.Nosovning “Bilmasvoy va do’stlarining sarguzashtlari”, “Bilmasvoy Quyosh shahrida”, “Bilmasvoy Oyda” kabi asarlarini butun dunyo bolalari, shu jumladan o’zbek bolalari ham sevib o’qiydilar.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin