345. Innovatsiya foydasini innovatsiya xarajatlariga nisbati orqali qanday ko’rsatkich aniqlanadi?
====
# Innovatsiya samaradorligi
====
Sof joriy qiymat
====
Investitsiyaning qoplanish muddati
====
Foydaning ichki me’yori
++++
346. Texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar qanday nomlaladi?
====
# Mahsulotga oid innovatsiyalar
====
Jarayonga oid innovatsiyalar
====
Marketingga oid innovatsiyalar
====
Tashkiliy innovatsiyalar
++++
347. Texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish yoxud ta’lim usullarini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek texnologiyalar transferini amalga oshirishga qaratilgan innovatsiyalar qanday nomlaladi?
====
# Jarayonga oid innovatsiyalar
====
Mahsulotga oid innovatsiyalar
====
Marketingga oid innovatsiyalar
====
Tashkiliy innovatsiyalar
++++
348. Mahsulotlarning dizayni va qadoqlaridagi o‘zgarishlarni qamrab oluvchi yangi yoki takomillashtirilgan usullarni joriy etishga, mahsulotni sotish va taqdim etishning yangi usullaridan foydalanishga, yangi narxlash strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsiyalar qanday nomlaladi?
====
# Marketingga oid innovatsiyalar
====
Jarayonga oid innovatsiyalar
====
Mahsulotga oid innovatsiyalar
====
Tashkiliy innovatsiyalar
++++
349. Biznesni tashkil etish va yuritish, ish o‘rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar qanday nomlaladi?
====
# Tashkiliy innovatsiyalar
====
Jarayonga oid innovatsiyalar
====
Marketingga oid innovatsiyalar
====
Mahsulotga oid innovatsiyalar
++++
Dostları ilə paylaş: |