Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#192826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
DARS ISHLANMA SHARAFITDINOVA FOTIMA

Inert gazlar (lot. iners - faoliyatsiz), asl gazlar, nodir gazlar - Mendeleyev davriy sistemasining O guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy Ne (at. raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), kripton Kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan fakat radon radiofaol element, barqaror izotopi yo'q. Inert gazlar atomlarining tashki elektron kavati (geliyda 2 ta, qolgan Inert gazlar da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust (Inert gazlar nomi shundan olingan). 1868 yilda fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer kuyosh spektridan birinchi inert gaz - geliyni topishgan. 1892-1908 yilda boshqa Inert gazlar kashf qilindi.

Ksenon (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq miqdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari Ksenon (1U)-oksid, XeO4 (suyuqlanish temperaturasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.

Ksenon sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli- va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllaniladi.

Radon (radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlganligi sababli unga "Radon" nomi berilgan. Bu izotopni 1899-yilda nemis olimi Radon Dorn kashf qilgan. Hozirgi vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m³ havoda 7106 Radon boʻladi.

Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 71°, kaynash temperaturasi —62°, zichligi 9,9 kg/m³. Radon radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi.


Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin