So’ngra bu fraksiyaning har qaysisiga alohida ishlov beriladi.
Birinchi fraksiyadagi azotdan fizik usullar bilan geliy va neonni ajratib olish mumkin. Masalan, faol ko’mirda adsorbsiya qilish va qaytadan desorbsiya qilishidan foydalanib gaz aralashmasidan geliyni 99% ga qadar batamom tozalash mumkin, chunki ko’mirda bo’ladigan adsorbsiya hodisasi quyidagi asosiy qoidaga bo’ysunadi: qaysi gaz oson suyuqlansa, ya’ni uning qaynash harorati qanchalik yuqori bo’lsa, u ko’mirga shunchalik ko’p yutiladi.
Argon ikkinchi fraksiyadan olinadi. Avvalo, bu fraksiyani rektifikasiya qilish yo’li bilan aralashmada argonning nisbiy miqdori oshiriladi: bunday aralashma tarkibida taxminan 50% kislorod va 50% azot bilan argon bo’ladi. Ikkinchi marta rektifikasiya qilish yo’li bilan aralashmadan azot chiqarib yuboriladi, kislorod esa oltingugurt yoki vodorod bilan biriktiriladi. Anna shu yo’l bilan olingan argonning tozaligi taxminan 99% bo’ladi va u «texnik toza argon» sifatida idishlarda joylanadi.
Kripton va ksenon uchinchi fraksiyadan olinadi. Maxsus tozalash usullaridan foydalanib, avval aralashma tarkibini 50% kislorod va 50% kripton bilan ksenonga keltirildi. YAna boshqa fizik yoki kimyoviy tozalash usullaridan foydalanib, qolgan kislorod hamda boshqa qo’shimcha gazlarni yo’qotish mumkin. Shunday qilib, kripton va ksenondan iborat aralashma olinadi. Bu aralashmadan kripton va ksenonni ajratmagan holda lampa ishlab chiqarishda foydalaniladi
Kripton
Belgisi Kr, Elektron konfigurasiyasi KLM 4s24p6. Tabiiy ksenon 6 ta barqaror izotoplar aralashmasi holida tarqalgan. Oksidlanish darajasi +2 bo’lgan birikmalar hosil qiladi. Ionlanish potensiali Kr →Kr+→ Kr2+ qatorida 13,99 va 24,37 eV ga teng.
Kripton (II) ftorid –(KrF2) o’tkir hidli rangsiz kristall. KrF2 qizdirilganda atomar ftor hosil qilib portlaydi, suvda eriganda parchalanadi: 2KrF2 + 2H2O = 2Kr +4HF2 + O2
Ksenon
Belgisi Xe. Elektron konfigurasiyasi KLMN 5s25p6. Tabiiy ksenon 9 ta barqaror izotopdan iborat.