Tripitaka va buddaviylikning muqaddas manbalari. Buddaviylik ta'limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to'plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) – uch savat ma'nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo'lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ'ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag'ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka, buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag'ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.
Kushonlar imperiyasida buddaviylik dinining davlat dini darajasiga ko’tarilishi. O'rta Osiyoda buddizm masalasining yoritishda mintaqada boshqa kadimiy dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini talabalarga bayon etish lozim. Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O'rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I-asrning oxiri - II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydi. Tadqiqotchi B.A Litvinskiyning fikricha, buddizm Shimoli-Fapbiy Hindiston va Janubiy Afg'oniston (Qandaxor) orqali taxminan mil. av. III acrda Baqtriyaga (O'zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan.
Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.CH. Bagchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil. av. 273—232 yillar) xukmronligi davrida yuz bergan, deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik materiallar yetarli emas. Shuning uchun ham buddizm bu hududga Kushonlar davrida kirib kelgan, degan fikr haqiqatga yaqinroq. Chunonchi B YA. Stavisskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari mustahkam bo'lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish bo'lganliklarini tasdiqlovchi ma'lumotlar ham mavjud. Mil. av I asr va milodning IV asrlari oralig'ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo'nalishi davlat dini deb e'lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzok tarixga ega bo'lsa-da, u yerda asosiy yo'nalish bo'lgan Xinayana ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an'analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o'rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O'sh, Bolosog'un, Qoshg'ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o'rganish, tarjima qilish va sharh uchun sharoit yaratib berdilar.