Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə47/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Tayanch tushunchalar: Bahoiylik, qodiyoniylik, Xalqaro Krishnani anglash jamoasi, Soxta xristianlik, Islom hamkorlik tashkiloti

Islom va boshqa diniy aqidalar sinkretlashuvi natijasida shakllangan diniy taʼlimotlar tarixi. Bahoiylik va qodiyoniylik harakatlari. Bahoiylik – XIX asrda Eronda bobiylik yo‘nalishi zamirida vujudga kelgan diniy yo‘nalish. SHerozlik Sayid Ali Muhammad (1819-1850) 1844 yilda Bob (arabcha "eshik"), ya’ni yangi davrga "eshik" nomini olib, yaqin orada "Xudo elchisi"ning namoyon bo‘lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in’om etishini targ‘ib qila boshlagan.


Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Ali Nuriy (1817-1892) 1863 yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning o‘zi ekanini e’lon qiladi va Bahoulloh, ya’ni "Allohning jilosi" nomini oladi. Ushbu yo‘nalishnning nomi ham Bahoullohning nomidan olingan.
Bahoulloning "Kitobi Aqdas" ("Eng muqaddas kitob") va "Kitobi Iqon" ("Mustahkam ishonch kitobi") asarlari bahoiylik ta’limotining asoslarini tashkil etadi. Yo‘nalish asoschisi o‘ziga islom dini e’tiqodiga ko‘ra, olamlarning YAratuvchisi bo‘lgan "Allohning jilosi" nomini qabul qilgan bo‘lsa-da, bahoiylar aqidasiga ko‘ra, bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab ham emas, deb hisoblanadi.
Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, AQSH, Kanada kabi qator mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyoda bahoiylarning 9 ta ibodat uyi, 200 ga yaqin milliy hamda bir qancha mahalliy diniy majlislari mavjud. Bahoiylarning umumiy miqdori taxminan 6 million kishini tashkil etadi.
Bahoiylik ta’limotiga ko‘ra:

  • barcha dinlar bir ildizdan paydo bo‘lgan va payg‘ambarlar birodar hisoblanadi;

  • Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg‘ambarlardan tashqari Budda, Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham payg‘ambar hisoblanadi. Bahoiylikda ular eng buyuk 9 ta payg‘ambar sifatida e’tirof etiladi;

  • xudo har ming yilda Er yuziga yangi payg‘ambar tushiradi;

  • jannat va do‘zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi;

  • hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yo‘qotish lozim. Bahoiylar da’vosiga ko‘ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim.

  • Vatan, millat degan tushunchalar ma’nisiz hisoblanadi. Zero, ularning fikricha, yer yuzining hamma joyi Vatan hisoblanadi.

Bahoiylikda ruhoniylar yo‘q. Mahalliy jamoalarni yilda bir marotaba 21 aprel kuni yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 9 kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik jamoasi mavjud bo‘lgan har bir davlatda Milliy diniy majlis saylanadi. O‘z navbatida Milliy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat bo‘lgan Umumjahon Adolat Uyi a’zolarini saylaydilar. Har besh yilda saylanadigan Umumjahon Adolat Uyi umumjahon bahoiylar jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi.
Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat bo‘lgan diniy taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a’zolari ibodat qilish, jamoa bilan bog‘liq ishlarni muhokama qilish, o‘zaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash uchun yig‘iladilar.
Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi. Umumiy ibodat duo o‘qish, meditatsiya hamda bahoiylikning asosiy kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar o‘qish orqali amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o‘zlarini tiyib, ro‘za tutadilar.
Bahoiylarning muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan. Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining ziyoratgohi hisoblanadi. Bu erda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi joylashgan.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin