Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə64/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Adabiyotlar
1. Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. – Toshkent, «Navro‘z» nashriyoti, 2019. – 264 b.
2. Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. O’quv qo’llanma. – T.: «O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. – 304 b.
3. Isoqjonov R. Qiyosiy dinshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – T.: OOO «Complex print», 2020. – 198 b.
4. Kamilov D. Dinshunoslik. O’quv qo’llanma. – T.: Lesson Press, 2021. –128 b.
5. Shermuxamedova N.A.Diniy fanatizm fenomeni//Inson falsafasi. – T.: Noshir, 2016. B.314-499.
6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston.. 2017.
7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.
8. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.


14-Mavzu. DUNYO HAMJAMIYATINING EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
REJA:

1. Xalqaro tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurashi.


2. Global terrorizmga qarshi global hamkorlikning yo‘nalishlari: BMTning global antiterror strategiyasining asosiy yo‘nalishlari: terrorizmning tarqalishi uchun qulay sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar, terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlatlarning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga umumiy hurmatni ta’minlash.
3. Shanxay hamkorlik tashkiloti va mintaqaviy antiterror tuzulmasi faoliyatining ahamiyati.
4. O’zbekistonda diniy terrorizmga qarshi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasining ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Xalqaro tashkilot, global terrorizm, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, jaholatga qarshi ma’rifat
Xalqaro tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurashi. Dunyo hamjamiyati terrorizmning turli ko‘rinishlarining noqonuniyligi to‘g‘risidagi qator konvensiyalar qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjatlarga misollar quyidagilar sanaladi:

  • Samolyotlarni noqonuniy olib qoʻyishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (Gaaga, 1970);

  • Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (Monreal, 1971);

  • Xalqaro himoyadagi shaxslarga, shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya (BMTning 1973-yilgi Konventsiyasi);

  • Fuqaro aviatsiyasiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1977)

  • Asirlarni garovga olishga qarshi konvensiya (Nyu-York, 1979);

  • Yadroviy materialni jismoniy himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (1980);

  • Dengizda navigatsiya xavfsizligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1988);

  • Plastmassa portlovchi moddalarni markalash toʻgʻrisidagi konvensiya (1991);

  • Terroristik portlashlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konventsiya (1997);

  • Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1999)[19].

1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi „Xalqaro terrorizmga barham berish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ni qabul qildi. Ikki tomonlama, koʻp tomonlama davlatlararo asosda va milliy darajada bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshirildi.
2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Xavfsizlik Kengashining 1371-sonli rezolyutsiyasi (2001) asosida „Terrorizmga qarshi kurash qoʻmitasi“ni tuzdi. Keyinchalik qoʻmitaning vakolatlari 1624 (2005) qarori bilan tasdiqlangan. Qoʻmita aʼzo mamlakatlarga terrorizmga qarshi kurashda eng samarali tizimlarni yaratishda davlatlararo muvofiqlashtirish va texnik yordam koʻrsatadi. Xavfsizlik Kengashida „Terrorizmga qarshi qoʻmita“dan tashqari „Al-Qoida boʻyicha qoʻmita“, „Tolibon qoʻmitasi“ va „1540-yil qoʻmitasi“ ham tuzildi.
2004-yil 1-dekabrda BMT Bosh kotibiga yoʻllagan maʼruzasida „Tahdidlar, chaqiriqlar va oʻzgarishlar boʻyicha yuqori darajadagi panel“ katta miqyosdagi terrorchilik xurujlarini sodir etgan shaxslarga urush jinoyatlari yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida qarashni talab qildi. Guruh barcha davlatlardan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilishni talab qildi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashning global strategiyasini, terrorizmga qarshi umumiy konvensiyani, terrorizm taʼrifini kiritgan holda ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi[25]. Ammo ushbu takliflar BMT Xavfsizlik Kengashining 2005-yil 14-sentyabrda qabul qilingan 1642-sonli rezolyutsiyasida oʻz aksini topmagan.
1963-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida 16 ta xalqaro shartnomalar (13 ta terrorizmga qarshi kurash konvensiyasi va uchta protokol) ishlab chiqilgan boʻlib, ularda barcha aʼzo davlatlar ishtirok etishi mumkin. 2005-yilda ushbu hujjatlardan uchtasi terrorchilik tahdidini toʻgʻridan-toʻgʻri bartaraf etish maqsadida oʻzgartirildi.
2006-yil 8-sentabrda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiya „Global terrorizmga qarshi strategiya“ni qabul qildi

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin