Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə17/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda marosimlar qat’iy belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Har kim amal qilishi lozim bo‘lgan shart amallar bo‘lib, ularga ko‘ra, barcha marosimlarni diniy malakaga ega erkak kishigina amalga oshirishi mumkin, ishtirokchilar pok holda, Sadre (oq rangli maxsus zardushtiylik ko‘ylagi), Kushti (maxsus kamar) va bosh kiyimda bo‘lishi, ayollar esa sochlarini ro‘mol bilan berkitishi, ishtirokchilar tik turgan holda olovga yuzlanib, ibodatlar avesta yoki pahlaviy tilida olib borilishi ta’minlanadi. Marosimda dinsiz yoki boshqa din vakilining ishtiroki xosiyatsiz hisoblanadi.
Zardushtiylar kunlik Gohi - kunning goh, deb nomlanuvchi vaqtlarida besh mahal - Xavan goh (tongdan peshingacha), Rapitvin goh (peshindan so‘ng), Uzarin goh (kun botishdan oldin), Aivisrutrim goh (kun botgandan so‘ng), Ushaxin goh (yarim kechadan tongacha) ibodatni amalga oshirganlar.
Zardushtiylik marosimlari zamirida har qanday nopoklikka qarshi kurash ta’limoti yotadi. Bunda poklanish muqaddas olov yordamida amalga oshadi. Zardushtiylar ibodatxonasida (otashkade) uzluksiz ravishda muqaddas olovning yonib turishi ta’minlanadi. Ba’zi ibodatxonalarda bir necha yuz yillardan beri muqaddas olovlar o‘chmasdan kelmoqda. Muqaddas olovlarni o‘chib qolmasligini Mobad (diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolish mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi)lar ta’minlaydi. Mobadlar olovni har qanday holatda ham asrashi zarur bo‘lgan. YAngi olovni yoqish faqatgina istisno vaziyatlarda amalga oshiriladi.
Muqaddas olovlarning SHoh otash Varaxram (oliy darajadagi SHoh Bahrom olovi) maxsus shohona marosimlar, yirik g‘alabalarga bag‘ishlanib yoqilgan. Uni yoqishda 16 xil olov jamlanib, birlashtirilgan. Ushbu olov bilan bog‘liq marosimlarni yuqori martabadagi ruhoniylar amalga oshirishgan. Otash Aduran (o‘rta darajadagi aslzodalar olovi) 1000 kishidan kam bo‘lmagan aholi turar joylarida Mobadlar tomonidan yoqiladi. Buning uchun jamiyatning ruhoniy, harbiy, dehqon va hunarmandlardan bo‘lgan tabaqalari ishtirok etishi lozim bo‘ladi. Olov oldida Nozudi (ruhoniy, amaldor va hukmdorlar sharafiga o‘tkaziladigan marosim), Gavaxgiran (to‘y marosimi), Sadre pushi (Zardushtiy shaxsning maxsus ko‘ylak kiyish va kamar taqish marosimi), Gaxanbar (YAzatlar sharafiga o‘tkaziladigan yil davomidagi bayramlar) kabi marosimlar o‘tkaziladi. Otash Dodgoh (quyi darajadagi olov) mahalliy jamoalarning kundalik diniy ehtiyojlari uchun ishlatilgan. Forslarda bu kabi joylar Dar ba mehr (adolat egasi Mitraning hovlisi) deb atalgan.
Zardusht ruhoniylari hamma uchun ochiq bo‘lgan Dodgoh (muqaddas olov yoniq turadigan xona)da turib, mahalliy munozara va muammolarni hal qilishgan. Agar Mobad bo‘lmasa, uning ishlarini Xirbad (ruhoniy oilasiga mansub diniy malakasi yuqori bo‘lmagan ibodatxona xodimlari) olib borgan.
Zardushtiylikni qabul qilayotgan shaxs dinning arkonlarini tan olib, Fravan duosini o‘qishi, Sadre va Kushtini taqishi lozim.
Dinni qabul qilish odatda o‘smirlik vaqtidan boshlanadi. Zardushtiylikni qabul qilayotgan vaqtda kishi xushyor va og‘ir gunohlarni qilmagan holda bo‘lishi lozim.
Bu dinni qabul qilmoqchi bo‘lgan kishining ba’zi marosimlarni bajarishi kifoya hisoblansa-da, hind zardushtiylarning dasturiga ko‘ra, kelib chiqishi eroniy bo‘lmagan boshqa din vakillari ehtiromga loyiq emas.
SHunday bo‘lsa-da, zardushtiylikka ko‘ra, inson vafotidan so‘ng uning hukmi diniy mansublikka emas, balki fikri, so‘zi va amallariga muvofiq bo‘ladi. Boshqa dindan voz kechgan shaxs esa zardushtiy bilan kamida bir yil aloqada bo‘lgan va bu vaqt davomida Mobad yoki Behdin (ruhoniylar oilasiga mansub bo‘lmagan, ammo diniy malakasi yuqori bo‘lgan shaxs)lardan ta’lim olgan bo‘lishi lozim.
Mobad tomonidan dam solingan insonni ichki va tashqi yovuzlikdan saqlovchi va xudo bilan aloqaga kirishda Sadre va Kushtidan foydalaniladi. Sadre kiyish zardushtiy uchun farz amallardan hisoblanadi. Kushtini muhim marosimlar va har ibodatdan oldin echib va taqib turish lozim. Ular doimo toza holda saqlanib, yilda ikki marta Navro‘z (Ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasiga bag‘ishlangan yangi yil bayrami bo‘lib, yilning kun va tuni teng 21 martda nishonlanadi) va Mehrjon (Hosil bayrami 23 sentyabr kuni nishonlanadi) bayramlarida almashtiriladi.
It yordamida odamdan devlarni quvish va poklash uchun Sog‘did marosimi o‘tkaziladi. Marosim xushsiz odamlarni tirik yoki o‘lik ekanini aniqlashda ham o‘tkazilgan.
Zardushtiylikda dafn marosimi va undan keyingi tadbirlar murakkab bo‘lishiga qaramay o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Daslab kishi jasadi podyob (o‘likni to‘liq yuvish) marosimi olib boriladi. Jasadni ko‘targan va yuvgan kishilar barashnum (o‘likka tegib ketgan va og‘ir gunohlar qilgan kishilarni poklash) uzoq vaqt davom etadigan marosim bo‘lib, u itlar yordamida amalga oshiriladi. Marosimning o‘limdan keyingi hayot uchun foydali ekani uqtirilgan holda, har bir dindorga umri davomida bir marta bo‘lsa-da, tavsiya qilinadi. Undan tashqari YAsna (YAsnaning 27 bo‘limi o‘qilishi) marosimi muqaddas olov oldida Mobadlar tomonidan amalga oshirilib, unda dron (maxsus tayyorlangan non) va xum (xaoma, maxsus tayyorlanadigan ichimlik) ishtirokchilarga tarfqatiladi.
An’anaviy dafn marosimi bo‘yicha jasadni daxma (erdan 4—5 metr balandlikda silindr shaklida bo‘lgan maxsus joy) ga qo‘yilib, unga o‘liklar ustma-ust tartib bilan yotqiziladi. Ta’limotga ko‘ra, o‘lik Axrimanninng vaqtinchalik g‘alabasi oqibati bo‘lgani bois u nopok hisoblanadi. SHuning uchun yirtqich qush va hayvonlar ixtiyoriga topshirilgan jasaddan qolgan suyaklar terib olinib, nous (maxsus quticha)larga solingandan so‘ng daxmaga qo‘yiladi. Ammo, 1970-yillar boshlarida Eronda jasadni beton qabrlarga ko‘mish amaliyoti boshlangan. Dafn marosimida nasusa (qutiga ko‘muvchilar) lar nomli ijtimoiy tabaqa vakillaridan kamida ikki kishi ishtirok etishi lozim. Dafnning bir kishi tomonidan amalga oshirilishi katta gunoh hisoblanadi. Noiloj vaqtda esa itning ko‘magidan foydalanish mumkin.
Zardushtiylik diniy strukturasida Eron Mobadlari kengashi (Anjumani mog‘one Iron) faoliyat ko‘rsatib, ruhoniylar ierarxiyasidan tashkil topgan. Zardushtiylikning diniy ierarxiyasi Ratu (zardushtiylikning himoyachisi, mas’um mobad), Mobadan Mobad (mobadlarning mobadi), Sar-Mobad (yoki pahlaviycha, Bozorg dastur, mobadlarning sardori, katta mobad), Dastur (ko‘rsatma beruvchi, etakchi mobad), Mobad (o‘rta maqomli mobad), Xirbad (quyi maqomdagi mobad) va Mobadyor (mobad oilasidan bo‘lmagan ruhoniy).
Hozirgi vaqtda zardushtiylarning jebr (Eron) va fors (Hindiston) jamoalari saqlanib qolgan. Jumladan, Hindistonda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi kam sonli forsiylar bo‘lib, ular VII asrda Eronga islomning kirib kelishi oqibatida Hindistonga qochib kelgan fors zardushtiylarining avlodlari hisoblanadi. Forsiylar dastlab Kathiavardagi Diu va Gujarotdagi Senjenda yashaganlar. Keyinchalik Mumbay (Bombey)ga ko‘chib o‘tgan zardushtiylar soni 100000 kishi atrofida bo‘lib, hozirgi kunda Hindiston aholisining 0,007 foizini tashkil qilmoqda. Undan tashqari Avstraliya, Evropa, SHimoliy va Lotin Amerikasi, Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida zardushtiy jamoalari mavjud.
Hozirgi vaqtda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar soni 200000 dan oshadi. 2003 yil YUNESKO tomonidan zardushtiylikning 3000 yilligi nishonlandi.
Avesto” matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi. Zardushtiylikning muqaddas manbasi "Avesto" ("Apastak", "Ovisto", "Ovusto", "Abisto", "Avasto" -"joriy qilingan qat’iy qoidalar") sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning "Gat"lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani "Avesto" O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Dastlab "Avesto" matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan. Uning eng qadimiy qismlari II ming yillik oxiri I ming yillik boshlariga oid bo‘lib, keyingi asrlarda uning tarkibi turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar bilan to‘ldirilib borilgan. Milodiy uchinchi asrda qonunlardan iborat Avestoning sharhi "Zend" (parfiyoncha, "sharhlangan matn") yozilgan. Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, "Avesto"ning to‘liq qismi etib kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga bitilgan edi. Abu Rayhon Beruniy "Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi", deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
"Avesto" mil. avv. I asrda Arshakiylar sulolasi davrida ilk marta oromiy alifbosida ko‘chirilgan. SHopur II (243-273) va Xusrav I (531-579) zamonlarida uning nusxalari yaratilgan. IX asrda yozilgan "Denkart" ("Imon faoliyati", Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan. Abbosiy xalifa al-Ma’mun ibn Horun ar-Rashid (813-833) davrida Aturfarnbag (Aturfat ibn Hamat) tomonidan to‘plangan) asari "Avesto"ning 21 qismdan iborat bo‘lganini qayd etadi. Dindorlar kundalik faoliyati uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik Avesto" ("Xurdak Avesto") yaratilgan.
VII asrda Eronga islomning kirib kelishi zardushtiylarni Hindistonga ko‘chib o‘tishga majbur qildi. Ularning avlodlari (forsiylar) Bombey shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha "Avesto"ning bir nusxasini saqlab keladilar.
"Avesto" - "Videvdat", "YAsna", "Visparad" va "YAsht" nomi bilan yuritiladigan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
22 bobdan tashkil topgan "Videvdat" - "Avesto"ning saqlanib qolgan bo‘limlari orasida eng mukammali bo‘lib, unda odamlar yashaydigan barcha yurtlar Axura-Mazda tomonidan yaratilgani, kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon, ya’ni insoniyatning farovon hayoti, Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari, qasam ichish, va’dada turish, ahdni buzish, tozalik, yuvinish asoslari kabi masalalar yoritilgan. "YAsna" - diniy marosimlarda o‘qiladigan duolar bo‘lib, 72 bobdan tashkil topgan. Zardushtning so‘zlari hisoblanadigan 17 fasl, 338 qit’a, 896 misra va 5560 so‘zdan iborat "Gat"lari ham shu bo‘limdan joy olgan. "Gat"ning har bir she’ri pahlaviy tilida "Gas" deyiladi. Umuman olganda, bu bo‘limda olovning muqaddasligi, zardushtiylik marosimlari orasida olovga e’tiqod qilish, Axura-Mazda nurining Quyoshda namoyonligi va uning Erdagi zarrasi deb bilinishi, olovning haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rostdan ajratib berishi, yolg‘onning chin e’tiqodga xiyonat, deb qoralanishi kabi e’tiqodiy tushunchalar o‘z aksini topadi. "Visparad" - 24 bobdan tashkil topgan bo‘lib, ma’budlar sha’niga o‘qiladigan duo va pand-nasihatlardan iborat. 22 bobdan tashkil topgan "Yasht" esa har bir bobi Axura-Mazdadan boshlanib, u tomonidan yaratilgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin