Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə28/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Madina davri. Madinaliklar Makkaga Rasululloh huzuriga kelib islomni qabul qildilar. Ular bilan makkalik musulmonlar o’rtasida do’stlik aloqalari o’rnatildi. Makka mushriklarining musulmonlar ustidan tazyiqlari kuchaygach, Payg’ambar ko’rsatmasiga binoan avval musulmonlar undan so’ng o’zlari Yasribga hijrat qildilar.
Madinalik “ansor” (“yordamchi”)lar makkalik muhojirlarni do’stona va samimiy kutib oldilar. Payg’ambarning hijrati Rabi’ ul-avvalning 8-kuni – milodiy 622 yil 20 sentyabrda bo’ldi. SHu yildan boshlab hijriy yil hisobi boshlandi. Ushbu yili birinchi musulmonlar masjidi qurildi.
Avs va Xazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo, Banu Nadir qabilalari bilan o’zaro sulh tuzildi. Har tomondan Madinaga qarshi hujumlar uyushtirildi. “Badr” jangida musulmonlar ularni muvaffaqiyat bilan qaytardilar.
Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim tarixiy hujjatlardan biri bo’ldi. Bu sulh bitimi tuzilishi arafasida musulmonlardan 1500 jangchi o’q-yoy va nayzalar olmasdan, faqat qilich taqib, Baytu-l-haram ziyorati vaqtida qurbonlikka so’yiladigan 70 tuyani haydab, Makka shahriga yaqin keldi. Bu kichik qo’shin Makka mushriklariga ko’p ko’rinib, ular musulmonlarni jang qilishga, urushga kelgan deb gumon qilib, shaharga kiritmadilar. Har ikki taraf bir necha bor elchilar almashib, vaziyatni tushuntirdilar. Musulmonlarning tinch maqsadda kelganiga ishonmasdan, Makka mushriklari urushga tayyorlanib turdilar. Ammo johiliya zamonlarida ham Baytu-l-haramda, ya’ni Ka’ba va uning atrofida jang qilish, qon to’kish man qilingan edi. SHuning uchun ham bu qoidaga amal qilgan holda musulmonlardan Usmon ibn Affon yetakchiligida navbatdagi elchilar yuborildi. Makka mushriklari bularni garovga, asir olganday qaytarib jo’natmadilar. Musulmonlar ham Makka vakillarini vaqtincha ushlab turdilar.
Oradagi keskin vaziyatni yumshatish uchun Makka raislari Hudaybiya degan joyda 10 yillik sulh shartnomasi tuzishni taklif etdilar. Hudaybiya shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi. Unda asosan quyidagi shartlar belgilangan edi:

  1. O’rtamizda dushmanlik tugatiladi, talonchilik va makr-hiylalarga yo’l qo’yilmaydi.

  2. Istagan odamlar Muhammad bilan shartnoma tuzib, ittifoqqa qo’shilishni xohlasa qo’shilaveradi, istagan odamlar qurayshiylar bilan shartnoma tuzib, ittifoqqa qo’shilishni xohlasa qo’shilaveradi.

  3. Sen (Muhammad) bu yil Makkaga kirmay qaytib ketasan, kelasi yili biz Makkadan chiqib turamiz va musulmonlar uch kun Makkada turishlari ixtiyoriydir. O’sha vaqtda musulmonlarning qilichlari qinida bo’lib, boshqa hech qanday qurol bilan kelmaydilar.

SHartnomaga musulmonlar jamoasi tarafidan Rasulullohdan so’ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Suhayl, Sa’d ibn Abil Vaqqos, Muhammad ibn Maslama imzo chekdilar. Qurayshiylar tarafidan Suhayl ibn Amr, Miqroz ibn Hafs, Xuvaylid ibn Abdul Uzzo imzo chekdilar.
Hijratning sakkizinchi yili Makka fath etildi. Havozin, Saqif qabilalari bilan Hunayn janggi bo’ldi. Mushriklarning Lot, Manot, Uzzo nomli butlari yo’q qilindi.
632 yili Muhammad alayhis-salom hajga borishga qaror qildilar. Bu oxirgi haj bo’lgani tufayli islom tarixida “Hajjat ul-vido” (“Vidolashuv haji”) deb nomlandi. Bu safarga 90 ming musulmon otlandi. Zulhijja oyining to’qqizinchi kuni Arafot tog’ida Rasululloh tomonidan islom dinining asosiy shartlarini bayon etgan “Vidolashuv xutbasi” o’qildi. SHundan so’ng, deyarli barcha arab qabilalari islomni tan olib, elchi va maktublar yo’llay boshladilar.
Hajdan Madinaga qaytgan Rasululloh biroz muddatdan so’ng kasallikka chalinib, hijratning o’n birinchi yili – 632 yilda vafot etdilar.
Islom ta’limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlar yagona Allohga imon keltirishga chaqirganlar va bu ularning eng asosiy vazifasi hisoblangan. SHu bilan birga ularning shariati turlicha bo‘lgan.
Musulmonlar islom ta’limotini Muhammad payg‘ambar (a.s.)dan o‘rganganlar. Vaqt o‘tishi bilan islom ta’limotini faqat shu dinni yaxshi bilgan olimlar tushuntira boshladilar. Bu ta’limotni tushuntiruvchi fan paydo bo‘ldi. Mazkur fan turli davrlarda o‘ziga xos «al-fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi nomlar bilan ataldi. Uning nomlari turlicha bo‘lsada, bir mavzuni, ya’ni aqidani o‘rganishga qaratilgan.
«Tavhid» ta’limotida Allohning yagonaligini, uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor qaratgan. Bunda Allohni yagona deb bilib, uning sifatlarini qilishga ko‘proq e’tibor qaratgan. Zero, inson uchun zarur aqidalarning eng avvali Allohning vahdoniyatiga, ya’ni yakkaligiga imon keltirish va uni o‘rganish hisoblanadi.
«Islom» lug'aviy jihatdan Allohga itoat etish, o'zlikni unga bag'ishlash ma'nolarida johiliya arablarining o'jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga zid qo'yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga ko'ra «ad – din» tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa asoslangan amallar)ni o'z ichiga oladi. Islomning 5 «ustuni» (al – arkon al - xamsa) quyidagilar: 1) ash – shahada – Allohning yagonaligi (at - tavhid) va Muhammad (sav) ning payg'ambarligini (nubuvva) e'tirof etish; 2) as – salot (namoz); 3) az – zakot (yo'qsillarni moddiy jihatdan ta'minlash); 4) as – savm (ro'za tutish); 5) al – hajj (imkon bo'lsa muqaddas Makka va Madinaga ziyorat amalini ado etish).

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin