Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Islom huquqi manbalari. Qur'on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə38/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Islom huquqi manbalari. Qur'on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf. Qur'oni karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad payg'ambarga oyat-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi. Manbalarda berilishicha, “Qur'on” so'zi arabcha “qaraa” – “o'qimoq” o'zagidan olingan bo'lib, “O'qiladigan (kitob)” ma'nosini beradi deb talqin etiladi. Qur'on 114 sura (arab. – “bo'lak”, “devor”, “to'siq”) va 6236 ta oyatdan tashkil topgan. Uning “mo''jiza”, “belgi”, “alomat” kabi ma'nolari ham bor.
Hadis so'zining arab tilidagi lug'aviy ma'nosi “so'z”, “yangi”, “suhbat”, “hikoya”, “rivoyat” ma'nolarini anglatadi. Uning istilohiy ma'nosi Muhammad payg'ambarning aytgan so'zlari, qilgan ishlari va taqrirlari, ya'ni ko'rib qaytarmagan va qo'llab-quvvatlagan ishlaridir. Hadislar ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – sanaddan iborat.
Hadis ikki xildir:
- al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda, ma'no Allohdan, lafz esa Payg'ambardan bo'ladi);
- al-hadis an-nabaviy (bunda esa, ma'no ham lafz ham Payg'ambarnikidir).
Hadislar ilk davrda faqat og'zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilgan. Yozma ravishda hadislarni to'plamaslik haqidagi Payg'ambarning ko'rsatmalari asosan ilk islom davriga taalluqli edi. Rasululloh o'z so'zlarini yozib olishdan sahobalarni qaytarishlariga sabab hadislarning Qur'on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun edi. Chunki vahiy nozil bo'lib turgan paytda ba'zi kishilar Qur'on oyatlarini yozib borar edilar. Boshqa hadisda esa Rasululloh: “Bu og'izdan – deya o'z og'izlariga ishora qildilar – faqatgina haq so'z chiqadi” – deb, o'z so'zlarini yozib olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan. Abu Dovud
o'zining “Sunan” asarida ikki hadisni ketma-ket keltiradi. Ulardan birida Payg'ambar o'z so'zlarini yozib olishdan qaytargan bo'lsalar, ikkinchisida unga buyuradilar.
Keyinchalik esa bu yozuvlar katta to'plamlarga asos bo'ldi. Shunday ilk to'plamlardan biri Madinadagi Urva ibn Zubayrga (vaf. 94/712 yoki 99/717 y.) va ikkinchisi Suriyaga ko'chib ketgan Muhammad ibn Muslim Zuhriyga (vaf. 124/741 y.) tegishli.
Hadis ko'pincha sunna so'zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so'zining lug'aviy ma'nosi – “odat”, “tariqa – yo'l” bo'lib, istilohiy ma'nosi – payg'ambar odatlari, tutgan yo'llari, taqrir (ko'rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, hadislarningzamirida sunna yotadi. Islom ta'limotida e'tiqod mezonlarini belgilash va fiqhiy masalalarni hal etishda Qur'ondan keyin sunnaga asoslaniladi.
Islom ta'limoti va qoidalarining asosiy manbalari – Qur'on va hadislardan tashqari ikkinchi darajali manbalari ham mavjud. Ulardan biri ijmo bo'lib, u Qur'on va hadis matnlarida aniq ko'zda tutilmagan masalalar yuzasidan mashhur islom ulamolarining mazkur mo''tabar manbalarga zid bo'lmagan bir fikrga ittifoq qilishlarini bildiradi. VII asrning ikkinchi yarmidan yo'lga qo'yilgan ijmoning islom ahkomlarini bir me'yordabo'lishi hamda musulmonlar orasida turli ixtiloflar kelib chiqishining oldini olishdagi ahamiyati beqiyosdir. Shuningdek, yana bir manba sifatida qiyos qabul qilingan bo'lib, u ilk islomdan keyingi davrlarda vujudga kelgan, Qur'on yoki hadisda hukmi aytilmagan muammolarni avvalgi hukmlarga qiyoslab hukm chiqarish uslubidir. Bunda olimlar tarafidan mo''tabar manbalar matnida o'rganilayotgan muammoga o'xshash masalalar tadqiq qilinadi. Shu asosda mantiqiy javob topilib, hukm qilinadi. Qiyos jamiyatda vujudga keluvchi turli muammolarni mantiqiy jihatdan oson hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin