Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Dunyo mamlakatlari va O`zbekiston konstitutsiyasida vijdon erkinligi huquqining ifodasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə44/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Dunyo mamlakatlari va O`zbekiston konstitutsiyasida vijdon erkinligi huquqining ifodasi. Vijdon erkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon erkinligi kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. SHuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Vijdon erkinligi xuquqi kishilarning dinga bo’lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi.
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak.
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o’z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo’yishning har qanday nazariy va amaliy ko’rinishlariga chek qo’yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya’ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo’ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo’lish belgilaridan biri deb xisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”1.
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:

  • dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

  • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

  • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;

  • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish2.

Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan3.
O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin