Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


O’zbekisatonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonun qabul qilinishining tarixi va uning ahamiyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə45/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

O’zbekisatonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonun qabul qilinishining tarixi va uning ahamiyati. Ushbu qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi.
1990-yillarning boshlarida hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiste’mol qilinishi, masjid qurish kampaniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularning aksariyati hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo‘lmagan holda faoliyat yurgizib, turli “peshvo”lar masjidlarni o‘z uyalariga aylantirishga harakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo‘lib, aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, moliyaviy yordam ko‘rsatish hisobiga respublikamiz hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib olib, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo‘llar va usullar bilan bilan o‘z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi.
Davr talablari asosida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va 1998 yil 1 mayda u yangi tahrirda qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar nimalardan iborat edi?
Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, diniy tashkilotlar 18 yoshga to‘lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi, muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning respublika bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organi tuzilishi mumkinligi haqidagi qoida mutahkamlab qo‘yildi.
SHuningdek, tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diniy tashkilotlarning rahbarlari etib saylanishlari, bunday lavozimga xorijiy fuqarolar nomzodlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishib olinishi belgilab qo‘yildi4.
Qonunning 9-moddasiga muvofiq diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqlidir.
Qonunning 5-moddasida bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Ushbu moddaning mazmuni va ahamiyatini tushunish uchun missionerlik va prozelitizm nima ekanini bilib olish kerak. Missionerlik – bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan aholini o‘z diniga og‘dirib olishlik bo‘yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat. Prozelit – bu o‘z dinidan kechib, boshqa dinga o‘tgan odam.
Qonunning 16-moddasiga asosan: “Diniy tashkilotlar uchun er ajratish hamda ibodat binolari qurish tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo‘lgan 19-moddasi ham bir qadar o‘zgartirildi: “Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir”. Mazkur qoida O‘zbekiston hududiga diniy adabiyotlarning olib kirilishini tartibga soladi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin