Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə42/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Tayanch tushunchalar: Konfessiya, vijdon erkinligi,” O’zbekisatonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun.


Konfessiya tushunchasining mohiyati va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy konfessiyalarning tasnifi. "Konfessiya" so‘zi (lotincha – "confessio") o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e’tiqod qilish”, degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
SHuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. SHu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin