Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo


O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə11/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bobomurod dis

O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi

Bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza,
noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish
ko‘lamini yanada kengaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish Yer osti boyliklari
zahiralarini tejash barobarida ekologiyaga chiqarilayotgan zararli gazlarning
miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Shu bois butun dunyoda iqtisodiyotning
turli sohalarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor
qaratilyapti.
Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda u yoki bu davlatning barqaror
rivojlanishi uchun energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish salmog‘iga uzviy bog‘liq bo‘lib qolishi ehtimoldan
xoli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021
yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga
ko‘tardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu hujjat 2017-2021 yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya
sig‘imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatga ega. Unga ko‘ra yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.12
Qarorga asosan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi kabi tuzilmalar ishtirokida qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu, albatta, sohada keng ko‘lamli va istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishida muhim omil bo‘ladi.
Xususan, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlariga asosan 2025-yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hissasini 12,7 foizdan 19,7 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Bunda gidroelektrostantsiyalar ulushini 12,7 foizdan 15,8 foizga, quyosh energetikasi 2,3 foizga hamda shamol energetikasi 1,6 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, qarorga asosan 2017-2025 yillarda qayta tiklanuvchi
energetikani rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 5,3 milliard dollar bo‘lgan
810 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Qolaversa, ijtimoiy soha va agrar sektor ob’ektlarida zamonaviy
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobidan 56,5 million kub
metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 807,3 million kVt.soatdan ortiqroq elektr
energiyasini tejab qolishga erishiladi.
Ekspertlar fikriga koʻra, 2025-yilga qadar Oʻzbekistonda muqobil
energiya manbai 12,7% dan 19,7% ga yetishi kerak. Muqobil energiya tarkibida quyosh energiyasi ulushi 2,3%ga, shamol energiyasi ulushi — 1,6% ga yetadi.
Shuningdek, ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya hisobidan har yili
9,79 mln tonna shartli yonilgʻi miqdorida energiya tejash kutilmoqda.
Aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini
ta’minlashga qaratiladigan chora-tadbirlar esa uzoq qishloq hududlarida
aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirishga xizmat
qiladi.
So‘nggi o‘n yilliklarda uglevodoroddan keng foydalanish uchun katta
miqdorda sarmoyalar yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda jahon miqyosida
ishlatilayotgan kunlik organik yoqilg‘ining umumiy hajmi 12 mlrd. tonna neft
ekvivalentiga teng ekanligi shundan dalolatdir. Ya’ni so‘nggi qirq yil davomida
organik yoqilg‘i qazib olish miqdori, insoniyatning bundan oldingi butun
tarixida qazib olingan uglevodorod zahiralari miqdoridan ko‘pdir. Vaholonki,
an’anaviy energiya zahiralari cheklangan.
Agar shunday sur’atlar davom etadigan bo‘lsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha qora oltin zahiralari 55-60 yilga yetadi, xolos. Bu muddat tabiiy gazda 70 — 75, ko‘mir bo‘yicha 150-160 yil baholanayapti. Boz ustiga, uglevodorod manbalarini surunkali sarflash tufayli atrof-muhit, aholi salomatligiga putur yetkazilayapti, iqlim o‘zgarishi kuzatilib, ozon qatlami yemirilmoqda.
Mutaxassislarning aniqlashicha, neft va gaz zahiralari 55-75 yildan so‘ng tugashi mumkin ekan. Shularni inobatga olsak, noan’anaviy energiya manbalarini rivojlantirish, uni hayotimizga yanada keng olib kirishni davrning o‘zi taqozo etadi. Quyosh, shamol kabi muqobil energiya manbalari nafaqat cheklanmaganligi, balki ekologiyaga zararsizligi bilan ham ajralib turadi.
Insoniyat hamisha energiyaning eng samarali manbalarini izlab topishga
harakat qiladi. Ayniqsa, bugungi davrda bu masala yanada dolzarb ahamiyat
kasb etib, energetika xavfsizligini ta’minlash har bir davlat uchun eng ustuvor
yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.
Keyingi paytda uglevodorod xomashyosini qazib olish borasida yuz
bergan, «slanes inqilobi» deb atalayotgan yangi bosqich ertaga ba’zi qit’alar, mamlakat va hududlarning energetika bozoridagi hamda jahon maydonidagi
kuchlarning geosiyosiy joylashuvidagi o‘rni va rolini o‘zgartiradigan jiddiy
omilga aylanishi mumkinligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Biroq bunday o‘zgarishlar qayta tiklanadigan energiya manbalariga, birinchi navbatda, dunyodagi eng sof quyosh energiyasidan foydalanishga bo‘lgan, yildan-yilga ortib borayotgan qiziqish va ehtiyojni hech qachon susaytira olmaydi. Bu haqda gapirganda, quyidagi faktga alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari o‘rtacha 3,4 foizni tashkil etayotgan bir paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng istiqbollik tarkibiy qismi bo‘lgan quyosh energiyasi keyingi besh yil davomida har yili misli ko‘rilmagan sur’atlarda oshmoqda.
Ushbu sharoitlarda muqobil energiya manbalarini hayotga yanada keng
tatbiq etish kun tartibiga chiqishi tabiiy. Sababi, ularning gelio, gidro va shamol
energiyasi, biomassa kabi turlari deyarli beqiyosdir va qayta tiklanaveradi,
hozirgi jadal innovatsion taraqqiyot davriga juda mos, yangi ish o‘rinlari
yaratishda ayni muddao. Qolaversa, shu asosda ishlovchi texnika hamda
texnologiya ekologik jihatdan toza, atrof-muhitga bezarar, texnogen
halokatlarga olib kelmaydi.13
Binobarin, hozirgi davrda bir qator davlatlar soha rivojiga qaratilgan
loyihalarni amaliyotga tobora keng joriy etayapti, buning uchun investitsiya
yo‘naltirmoqda, istiqbolli ishlanmalar hamda tadqiqotlarni qo‘llab- quvvatlamoqda. Shu usulda elektr quvvati va issiqlik ishlab chiqarish bazalari,
infratuzilmalari barpo etayapti.
Respublikamiz uchun istiqbolli noan’anaviy usullardan yana biri bioenergetikadir. Hozirgi kunda biogaz olish uchun mo‘ljallangan qurilmalarning juda ko‘p loyihalari ishlab chiqilgan. Bu qurilmalar birdaniga ikki vazifani, biogaz yoqilg‘isini olish va sifatli chirindi o‘g‘it ishlab chiqarishni amalga oshiradi.
Ayni paytda, O‘zbekistondagi qayta tiklanuvchi energiya resurslarini
ko‘rib chiqsak:
 Quyosh energiyasi: 525 dan 760 mlrd. kVt.s gacha;
 Shamol energiyasi: 1 trln kVt.s gacha;
 Gidroenergetika: 21 mlrd. kVt.s dan oshiq;
 Biomassa: 6 mlrd. kub.m.
Yuqoridagi tahlillar asosida hozirgi kunda insoniyat oldidagi energetika muammosini hal etish uchun o‘z navbatida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarurligi kelib chiqadi:

  1. Energiya olishning an’anaviy usullarida ishlatiladigan yoqilg‘i resurslarini tejab ishlatish;

  2. Energiya olish bilan bog‘liq ekologik va xavfsizlik muammolarini hal etish;

  3. Energiya olishning noan’anaviy usullarini rivojlantirish va effektiv texnologiyalarini yaratish;

  4. Kelajakda asosiy energiya manbai hisoblanadigan boshqariladigan termoyadro sintezi texnologiyasini yaratish;

  5. Kimyoviy energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr yoki mexanik energiyaga aylantirish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Muqobil energiya manbalariga “kelajak energiyasi” deya ta’rif beriladi. Yurtimizda esa ular allaqachon amaliyotga kiritilib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizga xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekiston ilmiy-texnikaviy salohiyati naqadar ulug‘vorligining yana bir isbotidir.
Kelajakda O‘zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
Cheklangan uglevodorod energetik resurslarga alternativ tarzda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tilmoqda. Energetik balansga bir vaqtning o‘zida ekologik toza bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish atrof- muhitga texnogen ta’sirlarning kamayishi nuqtai nazaridan ham talab qilinmoqda. Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiya manbalari ijtimoiy muammollarni hal qilishda muhim omil hisoblanadi, jumladan aholi yashash joylarida bandlikni ta’minlaydi.
Shu munosabat bilan, dunyoning ko‘pgina mamlakatlari atrof muhit energiya oqimidan olingan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va tadbiq qilish hajmini oshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bunday energiya manbalari tarkibiga quyosh, shamol, suv resurslari, geotermal manbalar, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilardan olingan biogaz kiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri elektroenergiya ishlab chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini kamaytiradi va ularni neft-kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab qolish imkonini beradi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta bo‘lgan aholi yashash joylarini, yirik sanoat korxonalari va muassasalarni energiya bilan to‘la taminlash imkoniga ega emas. Mamlakatimizda, xususan ekologik jihatdan noqulay hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik toza energiya manbalarini qo‘llash katta istiqbolga ega va bu ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samaralar beradi.
O‘zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega bo‘lgan kamsonli mamlakatlardan biridir. Bizda elektr energiya ishlab chiqarishda resurslarning asosini tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Uglevodorod resurslarini tejashda, mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining muhimligini, shuningdek markazlashgan energiya manbalaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda yashaydigan aholini, toh va cho‘llarda istiqomat qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar yoki ekspeditsiyadagilarni elektr energiyasiga, issiqlik va ichimlik suvga bo‘lgan talablarini qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yo‘nalishni rivojlantirishga ko‘proq ahamiyat berilmoqda.
Energetika har bir odamning va umuman jamiyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. So‘nggi 40 yillarda odamlarning energiyaga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi, shu davrda butun insoniyat tarixi davomida qazib olingan organik yoqilhidan ham ko‘proq yoqilhi qazib olindi. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilhi ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to‘hri keladi (taxminan bir kishiga 2 tonna). Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran hozirgi vaqtda dunyoda asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Agar ularni shu sur’atlarda ishlatish davom etsa, dunyodagi qazib olinayotgan neft zahiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zahiralari 70-75 yilga, tosh ko‘mir zahiralari 165-170 yilga, qora ko‘mir zahiralari 450-500 yilga yetadi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin