Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə22/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bobomurod dis

3.1-jadval.
Biogazning fizik xususiyatlari

Bijg‘ish natijasida hosil bo‘lgan biogaz yig‘ilib, elektr energiyasi yoki issiqlik ishlab chiqarish uchun gazli dvigatel – generatorga yuboriladi.34 Biogaz ishlab chiqarish nafaqat qayta ishlanadigan substantga, balki qurilmaning ishchi parametrlariga (reaktor haroratiga, bijg‘ish vaqtiga, yuklangan xomashyo miqdoriga va boshqalar) bog‘liq bo‘ladi. Bundan shuni bilish mumkinki, bir xil substantlardan foydalangan holda qurilmaning ish unumi turlicha bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, biogaz ishlab chiqarishning boshqa organik chiqindilarni zararsizlantirish usullariga nisbatan afzalligi quyidagilardan iborat:

  • issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarish uchun sarflanadigan an’anaviy yoqilg‘i turlari (ko‘mir, gaz, mazut) iqtisod qilinadi;

  • metan gazining miqdoriga ko‘ra, 1 m3 biogaz yonishidan 5-7,5 kvt/soat issiqlik hosil bo‘ladi. O‘rtacha 6-6,5 kVt/soat· m3 yoki 21,6 – 23,4 Mj/m3;

  • 5O-75% metan tutgan 1m3 biogazdan 1,5-2,2 kVt/soat elektr energiya yoki 2,8-4,1 kVt/soat issiqlik olish mumkin;

  • atmosferaga issiqlik gazlarining chiqarilishi kamayadi;

Qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasi juda sodda bo‘lib, kam sonli qoramol va kam sonli parrandaga ega bo‘lgan har bir xonadon egasi bu qurilmani barpo etishi mumkin. Chunki bu biogaz texnologiya jihozlari juda sodda va arzon. Maydon jihatdan ham ko‘p joy egallamaydi, reaktor uchun ham jihozlari soni ham kam. Reaktor hajmi 200 – 500 l bo‘lishi mumkin. 50 – 200 l li hajmli biogaz qurilmasidan kuniga 1 – 10 m3 gacha biogaz olish mumkin. Bu hajmdagi biogaz qurilmalari uchun ishchi soni talab qilmaydi. Xonadon egalarini o‘zi ham biogaz qurilmasidan bemalol foydalana olish bilan ham qulayliklarga ega.

III bob boʻyicha xulosa
1. Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning alternativ yo‘llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o‘rtasida, hamda sanoat darajasida yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
2. Respublikamizda biogaz olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biogaz olish bo‘yicha xorij texnologiyasini o‘zlashtirish, chorvachilik fermer xo‘jaliklarida biogaz olish ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman.
3. Respublikamizda fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida biogazdan foydalanib energiya olishni amalga oshirishda kichik quvvatli uskanalarni o‘rnatish samarali natija beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirish uchun ichki sarmoyalardan yoki bank kreditlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin