Aksiologiya jamiyatdagi qadriyatlar tizimi, baholanayotgan g‘oya yoki qadriyatning inson hayotida tutgan o‘rni, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni kvalimetrik metodlar bilan o‘rganib, baholab uni ommalashtiradi.
Bu erda g‘oyaviy (axloqiy, estetik, ma’naviy) qadriyatlar va moddiy (tabiiy, iqtisodiy) qadriyatlar nazarda tutilmoqda.
Qadriyatlarni sifat jihatdan baholash nuqtai nazaridan kvalimetriyaning miqdoriy baholashi qo‘llanilganda, mazkur jarayonni aksiologiyaning bir bo‘limining ob’ekti sifatida qarash mumkin.
Ko‘pchilik hollarda samaradorlik nazariyasi, masalan, ob’ektning iqtisodiy samaradorligi juda ko‘p mezonlar asosida aniqlanadi va ularning umumiy tomonlari, ob’ektning foydali tomonlari o‘lchash asosida, ya’ni sarflangan mablag‘, vaqt, xomashyo bilan uning qiymati (narxi) o‘rtasidagi bog‘lanish belgilanadi. Bu jarayonda qiymati (narxi) pul birliklarda (kamdan kam hollarda ishchi kuchi va unga sarflangan vaqti e’tiborga olinadi) belgilanadi.