Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar tomonidan bajariladigan topshiriqlar yuzasidan metodik ko‘rsatma
Test topshirig‘ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo‘yiladigan talablarni o‘rganing.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasiga ko‘ra o‘zingiz o‘qiydigan kurs bo‘yicha reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy darajadagi test topshiriqlarini tuzing.
Test topshiriqlarining mazmuni va sifatiga DTM tomonidan qo‘yiladigan talablarni o‘rganib chiqing.
O‘zingiz o‘qiydigan kurs bo‘yicha tuzgan reproduktiv, produktiv, qisman- izlanishli va ijodiy darajadagi test topshiriqlarini DTM tomonidan qo‘yiladigan talablarga moslashtiring.
Quyida berilayotgan standart testlarning turlarini o‘rganing.
I.A.Karimovning
“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari bo‘yicha topshiriqlar
Yopiq testlar
“Tajribamdan ko‘rdimki, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroqdir.” Bu hikmatli gap kimga tegishli ekanligini toping.
A. Amir Temur. V. Alisher Navoiy S. Al Xorazmiy D. Al Xorazmiy
Horijiy mamlakat va shaharlarning qaysi birida Ibn Sino xotirasiga haykal qo‘yilgan?
A. Belgiya V. Moskva S. Tokio D. Boku
Ahmad Farg‘oniyga qaysi shaharda haykal qo‘yilgan? A. Misr poytaxti Qohira shahrida.
V. Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida S. Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida
D. Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida
Qaysi asr “Beruniy asri” degan nomni olgan? A. 11-asr
V. 11-asrning oxiri S. 10 asr
D. 12 asr
Oydagi kraterlarning ikkitasiga buyuk vatandoshlarimiz nomi qo‘yilgan. Ularni toping.
A. Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek. V. Ahmad Farg‘oniy, Beruniy
S. Mirzo Ulug‘bek, Al Xorazmiy D. Ahmad Farg‘oniy, Al Xorazmiy
Ochiq testlar
“Tajribamdan ko‘rdimki, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroqdir.” Bu hikmatli gap
.........ga tegishli. A. Amir Temur. V. Alisher Navoiy S. Al Xorazmiy D. Al Xorazmiy
Horijiy mamlakat da Ibn Sino xotirasiga haykal qo‘yilgan.
A. Belgiya V. Moskva S. Tokio D. Boku
Ahmad Farg‘oniyga shaharda haykal qo‘yilgan.
A. Misr poytaxti Qohira shahrida.
V. Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida S. Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida
D. Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida
asr “Beruniy asri” degan nomini olgan.
A. 11-asr
V. 11-asrning oxiri S. 10 asr
D. 12 asr
Oydagi kraterlarning ikkitasiga buyuk vatandoshlarimiz nomi
qo‘yilgan.
A. Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek. V. Ahmad Farg‘oniy, Beruniy
S. Mirzo Ulug‘bek, Al Xorazmiy D. Ahmad Farg‘oniy, Al Xorazmiy
Quyida berilayotgan nostandart test topshiriqlarini tahlil qiling va ularning turlari, tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash jarayonidagi o‘rnini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |