Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi

Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:


  1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.


  2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.


  3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.


  4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.


  5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.


  6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.


  7. Kichik guruhlar baholanadi.


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  • o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;


  • muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;


  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;


  • barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;


  • o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

  • ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;


  • barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;


  • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;


  • guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.


Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.

“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol- stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir- biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr- mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar.
So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin