Mavzu: Kichik va o‘rta korxonalarning innovatsiyalar sohasidagi afzalliklari Iqtisodiy riyojlanishni innovatsion yo'naltirilganligi, texnologik
yangilinishning o’sib borayotgan zaruriyati innovatsion faoliyatda tashkil qilish tamoyillari va tarkibiy-tashkiliy o'zaro aloqalarga aniq va mos kelishning muhimligini ta'kidlaydi. Gap innovatsion impulslarni iqtisodiy haqiqatga kiritishning muvofiq yo'llarini qidirib topish haqida ketmoqda. Tushunarliki, innovatsion o'zgarishlarni kengayib borgani sari innovatsion riyojlanishning vazifaviy - elementar bazasini ilmiy asoslangan shakllanishi talab qilinadi.
Innovatsiyalarni tashkil qilish o’z ichiga uchta asosiy jihatlarni oladi:
innovatsion faoliyatning yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’ lgan sub'ektni;
tashkilotning innovatsion faoliyatdagi zaruriy vazifalarni bajarishga qaratilgan jarayonlari va harakatlarining majmuasini;
tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari tizimchalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashuvini ta'minlovchi tuzilmalarni.
Ushbu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tashkil qilishni innovatsion faoliyatni tartibga solish jarayoni sifatida, sub'ekt, firma, institut, innovatsion korxona sifatida, bo'linmalarning tarkibi va o'rnini belgilab beruvchi, hamda innovatsion faoliyatda amalga oshiriladigan shakllar, usullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak.
Tashkilot firma nuqtai nazaridan odamlarning birlashmasi yoki innovatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni bajarish haqidagi ularning kelishuvi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Turli xildagi elementli va turli o’lchamlardagi firmalar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, OO’Yu, ilmiy institutlar, texpolislar, texnoparklar va h.k. innovatsion faoliyatining sub'ektlari bo'ladilar. Bu barcha tashkilotlar ishlab chiqarishni haqiqiy yangilanishini amalga oshiruvchi asosiy manbalar va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bo'ladilar. Yashash davrasining “o'zining” bosqichi bilan yaqindan bog'langan maxsus innovatsion biznesni paydo bo’lishi vaqtning taqazosi bo’ladi.
Masalan, innovatsion korxonalar va tashkilotlar fundamental tadqiqotlar akademik va OO’Yu sektori va ITI (amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar)ga ixtisoslashishlari mumkin, bular ilmiy innovatsion korxonalar, Oliy o’quv yurtlari, kichik tadbirkorlik sub'ektlari, ilmiy-texnik majmualar va birlashmalar bo'lishlari mumkin. Tajribaviy namunalarni yaratish va tadbiq etish bosqichi bilan ham tadbirkorlik tuzilmalari va ham ITTKI ning riyojlangan bazasiga ega firmalar, institutlar va korporatsiyalar bog’langanlar. Amaliy ITTKI va TKI bazasida innovator-izbosarlar bazaviy texnologik, ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni yaratadilar.
Ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni tadbiq etish va ishlab chiqarish bilan, qoidagi ko'ra, yaxshi resurs bazasi, malakali xodimlar, bozordagi belgilangan o'rinlarga ega yirik firmalar shug'ullanadilar. Tadqiqotchilar firmaning o’lchamini kashfiyotlar soni bilan bog’lamasalar ham, g’arbiy Yevropada innovatsion riyojlanishning katta tajribasi to’plangan. Ammo Frantsiya va Buyuk Britaniyada shunday fikr tarqalganki, ilmiy ishlab chiqishlar bosqichida akademik va OO'Yu sektori va kichik firmalar asos iy rolni o'ynaydilar.
Tajribali ishlab chiqarish, marketing va sotish bosqichida turli ko'lamli biznes ilgariga chiqadi, shuning bilan bir vaqtda yangiliklarni ishlab chiqarish va tarqatish yirik va o’rta korxonalar va sanoat kompaniyalarida amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyatda vujudga kelgan mehnatni iqtisodiy taqsimlanishining turiga muvofiq kichik va o’rta ko’lamdagi korxonalarning ko’pchiligi yarim fabrikatlar, butlovchilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, hamda asosiy biznesni ta'minlash va unga xizmat ko'rsatish vazifasini bajaruvchi yirik firmalarning subpudratchilari bo’ ladilar.
Yangiliklarni yashash darajasining o’z bosqichiga bosh firmadan kurtaklab chiqqan (“spin. ofat”) deb ataluvchi, ilmiy-texnik yangiliklarni mustaqil ravishda ishlab chiquvchi bo’linmalar ham xizmat ko’rsatadilar. Innovatsion korxonalar yana ular faoliyatining ob'ekti bo'lgan innovatsiyalarning ustuvor turiga ko’ra ham farqlanadilar. Masalan, ular quyidagi sinflarga bo’linadilar:
yangi ilmiy kashfiyotlar, qo'llashning yangi usullari va pionerli (birinchi) kashfiyotlarni mo'ljallovchi etakchi innovatorlar;
oldin qilingan kashfiyotlar asosidan tubdan yangi jarayonlar va
eski usul asosida bazaviy innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar;
yangilikni ishlab chiqaruvchi, modernizatsiyalovchi va ratsionallashtiruvchi innovatorlar;
oldingi mahsulotlar va texnologiyalarni o'rnini bosuvchi yangilikni yaratuvchi innovatorlar;
yangiliklarni sotishlar va marketingga ixtisoslashuvchi innovatorlar;
yangi bozorlardagi talabni qanoatlantiruvchi innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar;
xalq xo’jaligining har xil sohalarida yangiliklarning diffuziyasi, tarqatilishi va ko’paytirilishi bilan shug’ ullanuvchi innovatorlar.
Innovatsion korxonalar ham ishlab chiqarilayotgan innovatsiyalarning yangiligi darajasi (tubdan yangilar, nisbatan, qisman, mahalliy yangilik yoki imitatsiyaga egalar) muvofiq ixtisoslashadilar.